5-ma’ruza: Applikatsiya haqida umumiy tushuncha (2s) Reja: Applikatsiyada qirqishni har xil usullarni bajarish Mazmunli va bezakli applikatsiyalar
Geometrik shaklli applikatsiyalar
Download 1.67 Mb.
|
sahna 5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmunli applikatsiya.
Geometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnologiyasiga ko‘ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikatsiyalardir.
Geometrik shakllar: talabalarning kvadrat, to‘g‘ri burchak, uchburchak, aylana qog‘oz bo‘lagi va o‘lchov asboblari haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydi. Ularning badiiy didini o‘stiradilar, doira, kvadratda naqshlar tuzish bo‘yicha olingan bilimlarini chuqurlashtiradi. O‘quvchilar ayrim predmetlarni detalma-detal taxlil qilib, geometrik shakllarni to‘g‘ri idrok etishni o‘rganadilar. Masalan, archa bir biriga kiygizilgan uchburchakka o‘xshaydi yoki yukmashinasi turli o‘lchamdagi to‘g‘ri burchaklardan, g‘ildiragi aylanadan tashkil topkanligini idrok etadilar. Bolalarda “Ko‘p-kam”, “Uzunasiga”, “Ko‘ndalangiga”, “Ikki qismga qirqish”, “ Teng qismlarga” kabi tushunchalar mustahkamlanadi. Bolalar ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi. Geometrik shaklli applikatsiyalarni ham naqshli, predmetli, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.Doira, kvadrat va ovaldan naqshlar yasash. Naqsh detallari: turli o‘lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naqsh dioganal bo‘yicha tuziladi-bunda shakllarni simmetrik joylashtirish qulay. Geometrik shakllardan predmetli applikatsiya.Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Bizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin. Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo‘lib‚ tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmet xuddi bo‘rtib turgandek, yorqin ko‘rinadi. Hammasi o‘ylangan kompozitsiyaga bog‘liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunday tanlanlanadi.Bunda detallarning tabiiy joylashishi va ular o‘lchamlarining uyg‘unligiga e’tibor berishi kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallarning konturlari oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-qoralamalar bo‘yicha qirqiladi. Applikatsiyalarning ifodaliligi va jonliligiga erishishning usullari ko‘p. Ayrim detallarning tag qismida kesiklar qilinib yelimlashda boshqa qog‘oz qo‘yiladi. Mazmunli applikatsiya. Bu applikatsiya kompozitsiyaga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Murakkab mazmunli applikatsiya ertaklar, xikoyalar va shu kabilarga illyustratsiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo‘lsa, tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Bu applikatsiyada ma’lum bir mazmunni ifodalasa bo‘ladi. Bu badiiy asar uchun ilyustratsiya bo‘lishi mumkin. Applikatsiyada manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug‘lik tushayotgan tomonini munosib rang berib ko‘rsatish mumkin. Quyida turli fasllar ko‘rinishi ishlangan mazmunli applikatsiya ishi berilgan: Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling