Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish
muddati qancha?
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali
ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv
xizmatlardan foydalanish
mumkin.
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida
foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini
olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur.
Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik
va jismoniy shaxslarning
murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va
ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda
turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak)
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi)
elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib
kelmoqda:
o
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot
markazi;
o
Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
o
Davlat bojxona qo‘mitasi;
o
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat
unitar korxonasi;
o
Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash
markazi Davlat unitar
korxonasi;
o
“INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: