5-ma’ruza. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi reja


Download 0.65 Mb.
bet1/9
Sana10.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1348751
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 ma’ruza IX XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi Ajdodlarimizning


5-ma’ruza.IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi


REJA:

  1. IX asr boshlarida Movarounnahrning siyosiy ahvoli. Tohiriylar davlati.

  2. Somoniylar davrida Movarounnahr.

  3. G‘aznaviylar va Qoraxoniylar davrida O‘rta Osiyo.

  4. O‘zbek davlatchiligi tarixida Xorazmshoh-Anushteginiylar davlatining tutgan o‘rni.

  5. Uyg‘onish (renessans) atamasining mohiyati.

  6. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri va uning xususiyatlari.

  7. Tasavvuf va uning taraqqiyoti.

  8. Me’morchilik va san’at.



Tayanch iboralar: Somoniylar, «Bayt ul-hikma», mashhur allomalar, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Muso Xorazmiy, Abdulloh Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino.



    1. IX asr boshlarida Movarounnahrning siyosiy ahvoli. Tohiriylar davlati.

IX asrga kelib Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o‘g‘illari Ma’mun va Amin o‘rtasida o‘zaro kurash boshlanib ketdi. Hokimiyat uchun bo‘lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma’mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813 yilda Ma’mun xalifalik markazi Bog‘dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821 yilda esa Tohir ibn-Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o‘sha davrda Movarounnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o‘zining qarorgohi etib tanladi va xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Natijada u 822 yilda Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Talxa ibn Tohir (822-830 y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Talxadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir o‘zigacha bo‘lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar o‘tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.
IX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. (“G‘oziylar” asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va ersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka YOqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, YOqub va Amr asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi.


    1. Download 0.65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling