5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar


Download 103.5 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1547044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar

r = v - d
bu erda, populyatsiyadagi bir vaqtning o‘zida – v – tug‘ilgan, d - o‘lgan
organizm soni.
Grafik arifmetik shaklida eksponenstial j – simon egri chiziq bilan
ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lib, uning egilishi
populyatsiyaning potentsial o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy populyatsiyalarda
eksponenstial o‘sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bunda
populyatsiya umuman juda katta tezlik bilan o‘sadi. Fitoplanktonlarning yalpi
ko‘payishi natijasida yuqoridagi o‘sish kuzatiladi.
Populyatsiyalar dinamikasining ba’zi turlari:
A. - j - simon eksponenstial o‘sish egri chizig‘i; B. S - simon logistik egri o‘sish
chizig‘i.
M va K - soni o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari.



Cheklovchi tashqi muhit sharoitida ko‘pchilik tirik organizmlar uchun
populyatsiyalar sonining logistik o‘sishi xosdir. 1845 yili Ferxyulst ko‘rsatib
berganidek, uning grafik ifodasi S - simon, ya’ni j - simon egri chiziqqa nisbatan
ancha siniq ko‘rinishda bo‘ladi. Populyatsiyaning logistik o‘sishi dastlab sekin
boradi, keyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit tayziqi, ya’ni noqulay ta’sir
etuvchi omillar tufayli tug‘ilishga nisbatan nobud bo‘lish ortadi. Natijada
populyatsiyaning o‘sishi pasayadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng barqaror muvozanat
qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muhit resurslari nisbati to‘g‘ri
kelganda muvozanat kuzatiladi.
Populyatsiyalarning o‘sishini ikki omil boshqaradi:
1. Organizmlarning tug‘ma qobiliyati, ya’ni maksimal tezlik bilan ko‘payishi
(biopotentsial).
2. Muhitning tayz’iqi, ya’ni u biopotentsial bilan amaldagi o‘sish tezligi
o‘rtasidagi farqda ko‘rinadi. Muhitning tayziqi - o‘z ichiga tiklanadigan (suv,
yorug‘lik, ozuqa) va tiklanmaydigan (fazo, uya qurish uchun joy va b.) resurslarni
oladi.
Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling