5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar


Download 103.5 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1547044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar

Biotik potentsial. Agar tashqi muhit omillari uni cheklab qo‘ymasa, har
qanday populyatsiya ilmiy jihatdan olganda tabiatda sonining cheksiz o‘sishiga
moslashgan. Bunday gipotetik holatda populyatsiya o‘sish tezligi tur uchun xos
bo‘lgan faqat hayotiy potentsial kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tushuncha
ekologiyaga 1928 yilda R. Chepmen tomonidan kiritilgan. Biotik potentsial ma’lum
vaqt birligi ichida bitta juftdan olinadigan avlodlarning nazariy maksimumini,
masalan yil davomida yoki hamma hayotiy davr davomidagisini aks ettiradi. Biotik
potentsial hisoblanganda u koeffissientlar bilan belgilanadi. Populyatsiyaning
maksimal o‘sishi ΔN, ma’lum bir vaqtdagi populyatsiyalarning soni Δt,
populyatsiyaning boshdagi soni - N0, bo‘lsa,
ΔN
ΔN
U holda --------- = r N0 bundan r = ---------
Δt
N0Δt
N - populyatsiya soni, N0 - populyatsiya sonining dastlabki davrlari, t -
qandaydir bir vaqtdagi soni.
Har xil turlarda biotik potentsial kattagaligi har xildir. Masalan, hayoti
davomida urg‘ochi asalari – 50 ming tuxum, baliq (ayrim turlari) 3 milliardgacha
ikra qo‘yishi mumkin. Bu turlarning biopotentsiali aslida bundan ham yuqori.
Agarda hamma avlodlari saqlanib qolsa, har qanday populyatsiyaning soni ma’lum
bir vaqt intervalidan keyin geometrik progressiya bo‘yicha oshishi mumkin edi. Mana bunday populyatsiyalarning o‘sishini ko‘rsatadigan egri chiziq
cheksizlikka ketishi mumkin.
Bunday egri chiziq - eksponenstial deyiladi.
Populyatsiya sonining cheklovchi omillar ta’sirisiz o‘sishi eksponenstial
o‘sish deb qaraladi.
Eksponenstial o‘sish organizmlar soni ortishining potentsial imkoniyatini
tavsiflaydi. R.N.Chepmen uni biotik potentsial deb atagan.
Tabiatdagi populyatsiyalarning biotik potentsiali hech qachon to‘liq
o‘zlashtirilmaydi. Uning kattaligi odatda populyatsiyada tug‘ilish va o‘lish orasidagi
farq bilan ifodalanadi:

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling