5 maruza. Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi
Download 103.5 Kb.
|
5 maruza.Organizmlarning joylashishi va populyatsiyalar orasidagi bog’lanishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir tekisda Tasodifiy Guruhli yoki dog‘li
- Hayvonlar populyatsiyasining etologik (hulqiy) xatti - harakati tuzilmasi.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi.
Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash sharoiti, ya’ni ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi individlarning ma’lum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishi kuzatiladi. Ba’zi individlar tug‘ilgan joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, ba’zi birlari uzoq masofaga ko‘chib ketadi (migratsiya). Individlarning uch turda tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli. Bir tekisda Tasodifiy Guruhli yoki dog‘li Individlar bir tekis tarqalganda, mevali daraxtlar bog‘da o‘tkazilgandek, bir - biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo‘ladi. Yetilgan o‘rmonlarda baland daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga misol bo‘la oladi.Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan bir xil muhitda uchratiladi. Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar to‘da hosil qilib bir - biridan turlicha masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit ta’siri natijasida, ya’ni muhitning ayrim bo‘limlarida qulay sharoit bo‘lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir. Hayvonlar populyatsiyasining etologik (hulqiy) xatti - harakati tuzilmasi. Hayvonlar hulqiy xatti - harakati qonuniyatlarini o‘rganadigan fan - etologiya (yunoncha - «ethos» xarakter) deb ataladi. Bitta populyatsiya a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat tizimiga populyatsiyalarning etologik tuzilmasi deyiladi. Organizmlarning butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz bo‘lsa ham kontaktda (birga yashashda) bo‘lishi mumkin. Masalan: xonqizi faqat urug‘lanish oldidan erkak va urg‘ochisi (qarama - qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan alohida yashaydi. Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning birgalikda yashashining qator shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo‘lish mumkin. Nasl qoldirish uchun qayg‘urish natijasida oila deb atalmish hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo‘lib yashash kiradi. Koloniya – o‘troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko‘payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo‘lib hayot kechirish - oilaviy guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko‘payish, himoya, o‘zini va bolasini boqish va boshqa funktsiyalarni bajaradilar. Galalar – bir turga kiruvchi ba’zi guruh hayvonlarining biron - bir biologik jihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa topish, migrastiya kabi funkstiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Gala bo‘lib yashash baliqlarda, qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. Gala bo‘lib yashash baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarda esa mavsumiy migrastiya vaqtida shakllanadi. O‘troq holda yashovchi qushlar o‘rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko‘rish bilan bog‘liq signallar mavjud. Bo‘rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi. Podalar – galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo‘lgan barcha funkstiyalarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migrastiya, ko‘payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli hulqiy xatti-harakatlari «hukmdor» va «itoatkor» asosidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi har bir individ rahbarga itoat etgan holda harakat qiladi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling