5-ma’ruza: raqamli ishlov berish tezkorligini oshirish yo’llari. Reja


Download 352.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi352.34 Kb.
#1603043
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 (1)

Kamchiliklari:
• 
Umumiy xotiraga ega tizimlarni masshtablashtirishning murakkabligi. 
Real tizimlarda 32 tagacha prosessorlar ishlashi mumkin. SMP ga 
asoslangan masshtablanuvchi tizimlarni qurish uchun esa klaster arxitekturasi 
yoki NUMA-arxitekturalardan foydalaniladi. SMP-tizimlar bilan ishlaganda 
taqsimlangan xotirali dasturlash paradigmasidan (shared memory paradigm) 
foydalaniladi. 
II. Massiv parallel arixitektura (MPP - massive parallel processing). Bu 
arxitekturaning asosiy afzalligi shuki xotira fizik jixatdan taqsimlangan. Bu xolda 


tizim alohida modullar asosida quriladi. Har bir modul prosessor, lokal operativ 
xotira, kommunikasion prosessorlar yoki tarmoq adapterlari, ba’zi hollarda qattiq 
disklar va/yoki boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan bo’ladi. 
Moxiyatiga ko’ra bunday modullar to’la funksiyali kompyuterlar hisoblanadi. 
Har bir moduldagi prosessorlar shu moduldagi OX bankiga murojaat qilish 
imkoniyatiga ega. Modullar bir biri bilan maxsus kommunikasion kanallar orqali 
bog’lanadi. Foydalanuvchi o’zi bog’langan prosessorning mantiqiy raqamini 
aniqlashi va boshqa prosessorlar bilan xabarlar almashishni tashkil qilishi 
mumkin. MPP-arxitekturali mashanalarda ikki xil ko’rinishdagi operasion tizim 
qo’llanilishi mumkin. Birinchi holda polnofunksionalnыy OT faqat 
boshqaruvchi mashinada (Front-end) ishlaydi, har bir modulda esa OT ning 
qisqartirilgan varianti ishlaydi va unda joylashgan parallel ilovalarning ishlashini 
ta’minlaydi. Ikkinchi holda esa har bir modulda alohida o’rnatiladigan UNIX 
OTga o’xshash OT ishlaydi.
27.4-rasm.MPP arxitekturaning sxematik ko’rinishi. 
Bu turdagi mashinalar bir qator afzalliklarga ega: agar yuqori unumdorlik 
talab etilsa u holda qo’shimcha prosessorlar qo’shish mumkin; agar moliyaviy 
tomondan cheklanishlar mavjud bo’lsa yoki kerakli hisoblash quvvati oldindan 
ma’lum bo’lsa u holda optimal konfigurasiyani tanlash juda oson . 
Har bir prosessor o’zining lokal xotirasiga murojaat qilish imkoniga ega. 
Agar dastur uchun boshqa prosessor xotirasida joylashgan o’zgaruvchining 
qiymati kerak bo’lsa u xolda xabarlarni uzatish mexanizmi ishga tushadi. Bu 


yondoshuv minglab prosessorlardan iborat hisoblash tizimlarini yaratish 
imkonini beradi 
Xozirgi paytda yuqori unumdorlikka ega deyarli barcha zamonaviy 
superkompyuterlar aynan MPP-arxitekturasi asosida qurilgan. Bularga ASCI 
Red, ASCI Blue Pacific, MVS-1000, IBM RS/6000 SP, SGI/CRAY T3E, Hitachi 
SR8000, Parsytec tizimlari kiradi.
Kamchiliklari:
• 
Umumiy xotiraning mavjud emasligi prosessorlar o’rtasida ma’lumotlar 
almashish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Prosessorlar o’rtasida xabarlar 
almashishni amalga oshirish uchun maxsus dasturlash texnikasi talab etiladi.;
• 
Har bir prosessor chekli hajmdagi lokal xotira bankidan foydalanish 
imkoniyatiga ega;
• 
Massiv parallel tizimlar uchun dasturiy ta’minot narxining yuqoriligi
SGI firmasining oxirgi mashinasi CRAY T3E Dec Alpha 21164
prosessorlari asosida qurilgan bo’lib unumdorligi 1200 Mflops/s (CRAY T3E-
1200) tashkil etadi. Undagi prosessorlar sonini 2048 tagacha oshirish mumkin. 
MPP-tizmlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni(xabarlarni) uzatishga 
asoslangan dasturlash paradigmasidan (Massive Passing Programming Paradigm 
–MPI, PVM, BSPlib) foydalaniladi. 

Download 352.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling