5-ma’ruza: raqamli ishlov berish tezkorligini oshirish yo’llari. Reja


Download 352.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi352.34 Kb.
#1603043
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 (1)

III. NUMA gibrid arxitektura. Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi 
xotiraga bir jinsli bo’lmagan murojaat (NUMA - nonuniform memory access). 
Gibrid arxitektura SMP va MPP arixitekturalarning afzalliklarini o’zida 
mujassamlashtirgan. Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim 
qismlari o’rtisida taqsimlangan bo’lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. 
Shuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo’ladi. Tizim bir 
jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta 
prosessor va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo’lgan 
kommutator orqali bog’langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat 
qurilmaviy jixatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi 


xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko’ra 
NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari 
sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi.
Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat 
tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun 
prosessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi. 
27.5-rasm.Gibrid arxitekturaning strukturaviy sxemasi. 
Birinchi marta gibrid arxitektura g’oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP 
firmasi bu g’oyani sotib olgan va o’zining SPP seriyali superkompyuterlarida 
qo’llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g’oyaga yangi element – kogerent 
keshni qo’shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-
Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli 
bo’lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan. 
IV. Vektor prosessorli parallel arxitektura (PVP - Parallel Vector 
Process). 
 
PVP-tizmilarning 
asosiy 
belgisi 
maxsus 
vektor-koveyer 
prosessorlarning mavjudligidir. Bu prosessorlarda mustaqil ma’lumotlar 
vektorini qayta ishlaydigan buyruqlar ko’zda tutilgan bo’lib ular konveyer 
funksional qurilmalarda samarali bajariladi. Bir nechta bunday prosessorlar (1-
16) bir vaqtning o’zida umumiy xotira(SMP ga o’xshash) bilan ishlaydi. Bir 
qancha tugunlar kommutator yordamida birlashtirilishi mumkin(MPP ga 


o’xshash). PVP-arxitekturali tizimlar umumiy maqsadlarga mo’ljallangan 
mashinalar hisoblanadi (general purpose systems). Lekin vektor prosessorlar juda 
qimmat bo’lganligi sababli bu mashinalar ommabop bo’la olmaydi.  
PVP-tizimlarda dasturlash paradigmasi sikllarni vektorlashtirish va ularni 
parallellashtirishni ko’zda tutadi.
Xotira protsessorlar o‘rtasida xabarlarni uzatish uchun xizmat qiladi, bunda 
barcha hisoblash qurilmalari xotiraga murojant qilishda teng huquqlarga ega 
bo‘lib barcha xotira yacheykalari uchun bir xil adresatsiyaga ega. SHuning uchun 
SMP-arxitektura simmterik deyiladi. SMP tizimlar yuqori tezlikka ega bo‘lgan 
tizim shinalari(SGI PowerPath, Sun Gigaplane, DEC TurboLaser) asosida 
quriladi. SHina slotlariga protsessorlar(MP), kiritish/chiqarish tizimi (I/O) va 
boshqa funksional bloklar ulanadi. Kiritish/chiqarish modullariga ulash uchun 
nisbatan past tezlikka ega bo‘lgan shinalardan(PCI, VME64) foydalaniladi. Eng 
mashxur SMP-tizimlar Intel protsessorlari asosida qurilgan SMP-serverlar va 
ishchi stansiyalar hisoblanadi (IBM, HP, Compaq, Dell, ALR, Unisys, DG, 
Fujitsu va b.) 
Butun tizim yagona OT boshqaruvida ishlaydi (odatda UNIX ga o‘xshash 
OT, ammo Intel-platformalar uchun Windows NT OT). OT avtomatik tarzda 
(ishlash jarayonida) jarayonlarni protsessorlarga taqsimlaydi. 
SMP-tizimlarning asosiy afzalliklari: 
• 
Dasturlashning oddiyligi va universalligi. SMP arxitekturasi dasturlash 
modeliga chegara qo‘ymayda. Umumiy xotiraning qo‘llanilishi ma’lumotlar 
almashish tezligini oshiradi va foydalanuvchi barcha xotira hajmiga murojaat 
qilishi mumkin. 
• 
SMP-tizmlar havo orqali sovutish tizimiga asoslangan konditsionerlash 
tizimiga ega bo‘lib texnik xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi.;
• 
Nisbatan yuqori bo‘lmagan narxlar. 

Download 352.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling