5-Mavzu. Aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o’zgaruvchan xatoliklar. Tasodifiy xatoliklar, ularning asosiy qonuniyatlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (5.13,a-rasm).
5-Mavzu. Aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o’zgaruvchan xatoliklar. Tasodifiy xatoliklar, ularning asosiy qonuniyatlari. Ishlov berishning iqtisodiy aniqligi. Ishlov berilgan yuza sifati to’g’risida tushuncha. Texnologik omillarning ishlangan yuza sifatiga ta’siri. Reja: 1. Aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar. 2. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o’zgaruvchan xatoliklar. Tasodifiy xatoliklar, ularning asosiy qonuniyatlari. 3. Ishlov berilgan yuza sifati to’g’risida tushuncha. Texnologik omillarning ishlangan yuza sifatiga ta’siri. Mexanik ishlovning aniqligi turli usullar bilan tadqiq etiladi. «Aniqlik» tushunchasi, yuqorida aytilganidek, ishlanadigan yuzalarning shakli, o’lchami va o’zaro joylashuvini bildiradi. Ishlovning uchrab turadigan xatoliklarini o’rganib chiqib, ular uch xil bo’lishi aniqlangan: doimiy (o’zgarmas), biror qonuniyat bo’yicha o’zgarib turuvchi va tasodifiy xatolar. Dastlabki ikkitasini umumiy nom bilan muntazam xatolar deb atash mumkin. Agar bir to’p detalning hammasida bir xil kamchilik (xato) bo’lsa, uni doimiy (o’zgarmas) deyish kerak. Bunday kamchilik ishlov berayotganda doim ta’sir etib turgan omil oqibatidir. O’zgarmas kamchilikda yoyilish maydoni bo’lmaydi, u nolga teng (5.13,a-rasm). Ishlangan bir to’p detallardagi xatolar qandaydir qonuniyat bilan o’zgarsa, unga qonuniyat asosida o’zgaruvchi deyiladi. Xatolikning o’zgarishini ko’rsatadigan chiziqning shakli shu xatolikni keltirib chiqaradigan omillarning pirovardida ta’siriga bog’liq. 5.13-rasm. Ishlovdagi xatoliklarning taqsimlanishi: a) doimiy xatolik; b) teng ehtimolliklar bo’yicha xatolik; d) o’sib boruvchi ehtimollik bo’yicha xatolik; e) Simpson qonuni bo’yicha xatolik. 5.13 b, g-rasmlarda bu omillarning qonuniyatlar asosida o’zgarish chiziqlari (nazariy qonunlar) keltirilgan: 5.13, b-rasm- bir tekis ta’sir (teng ehtimollar qonuniyati); 5.13, d-rasm- bir tekis ko’payuvchi ehtimollar qonuni; 5.13, erasm- Simpson qonuni (burilish nuqtasigacha sekin o’sadi, so’ng tez). Agar ishlov berilgan detallardagi xatoliklar hech qanday qonuniyatga mos kelmasa, bunday kamchiliklar tasodifiy deyiladi. Ularning paydo bo’lib qolishini, miqdorini va yo’nalishini oldindan bilib bo’lmaydi; bir yoki bir nechta tasodifiy omillar ta’sirida paydo bo’ladi. Tasodifiy omillarning o’zgarishi ham tasodifiy bo’lishi yoki qandaydir qonuniyatga bo’ysunadigan juda ko’p boshqa bir xil omillar ta’sirida kechishi mumkin. Tasodifiy xatolikning taqsimlanish chizig’i normal taqsimot deyiladi. Yuqorida ko’rilgan va ko’rilmagan qonuniyatlarning birontasi amalda sof holda uchramaydi, to’plangan raqamlarning koordinata tizimida joylashuviga qarab nazariy chiziq taxminan aniqlanadi. Bu chiziqlar aksariyat holda murakkab matematik ifodaga ega bo’ladi. O’zgarmas xatolik- e, o’zi taqsimotning o’rtasida qolgan holda, raqamlar guruhi markazini (og’irlik markaziga o’xshash) chetga suradi. U eng avval asbobni kerakli o’lchamga moslab o’rnatishga bog’liq. Qonuniyat bilan uchraydigan xatolik ko’pincha kesuvchi asbobning yeyilishi bilan bog’liq. Ishlov jarayonida bu xatolik o’lchamning o’zgarish chegaralarini kengaytiradi va e ni qonuniy tarzda o’zgartiradi. Aytilgan xatolik asbob kesdrakli o’lchamga sozlayotganda bartaraf etiladi. Asbobni bir marta o’rnatganda ishlangan detallar to’plamining o’ziga xos xatoligi- e va guruh markazi bo’ladi. Asbob boshqatdan o’rnatilsa bu ko’rsat- kichlar ham boshqacha bo’ladi. 5.14-rasmda kesuvchi asbobni ikki marta o’rnatganda ishlangan detallardagi xatoliklarning taqsimlanish chizig’i ko’rsatilgan. Taqsimot chizig’i ishlov berilgan detallar to’plamidagi xatolik haqida tasavvur hosil qiladi, chiziq shakli va holati ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan aksariyat xatoliklarni bildiradi, shunga qarab ularni bartaraf etish choralarini ko’rish mumkin. Taqsimot chizig’ini tuzish uchun 50-100 ta detal tekshiriladi. Tajribalardan aniqlanishicha, detallarga ishlov berishda o’lchov avtomat holda ta’minlansa, olinadigan taqsimot chizig’i gumbazsimon bo’ladi. U normal taqsimotga mos keladi. Shakl aniqligi bir-biri bilan tutashib ishlaydigan detallar ishida juda muhim. Tadqiq etilayotgan silindr sirtining shakldan og’ishini raqamlar bilan ifodalash uchun ovallik va qirralik degan tushunchalar kiritilgan. Bunda «Kalibr» zavodi yoki Teylor-Gobson firmasi chiqargan maxsus asbob yordam beradi. U xatolikni 50 dan 10 ming martagacha kattalashtirib, doira shaklidagi koordinata tizimida aks ettiradi (5.15-rasm). Shubhasiz, stanokda ishlov berish jarayonida qo’shilgan xatoliklar silindr sirtining joriy o’lchami o’zgarishiga ta’sir qiladi. Joriy o’lcham deganda ishlov jarayonida o’zgarib turadigan va biror argumentning funksiyasi ko’rinishida ifoda etiladigan o’lchamga aytiladi. 2.14-rasm. Taqsimotning ikki o’rkachli chizig’i Joriy o’lchamning o’zgarishi deganda detal radius-vektorining, ya’ni haqiqiy sirt (kontur) nuqtasidan nazariy aylanish o’qigacha bo’lgan masofaning o’zgarishi tushuniladi. Silindr sirtning ishlovdan oldingi va keyingi ko’ndalang kesimidagi shakl xatoligini aniqlab, shakl xatoligi bilan ishlov jarayoni o’rtasidagi bog’lanishni bilib olish mumkin. Tadqiqotning statistika usuli. Ishlovning haqiqiy kamchiligi (xatosi)ga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilib, qanday kamchilik ro’y berishini oldindan bilish mumkin. Statistika usuli ishlov jarayonida uchraydigan hamma omillarning ta’sirini baholash imkonini beradi. Ishlovning xatosi haqidagi xulosalar amalda bajarilib bo’lgandan keyingi o’lchashlar natijasidan chiqariladi. Bu usulning afzalligi shundaki, ishlov aniqligini kuzatish uchun maxsus tajribalar o’tkazish kerak emas, amalni bajarish shart-sharoitini tayinlab olib, katta raqamlar qonuni degan nazariyadan foydalanilsa, kifoya. Ma’lumki, bu nazariya har qanday statistika tadqiqotida ishlatiladi. Unga binoan, bir xil voqea (bu yerda, amal) ustida qanchalik ko’p kuzatuv o’tkazilsa, uning muayyan bir ko’rinishi (masalan, amalda uchraydigan omillar) o’tmishda qanday bo’lgan bo’lsa, kelajakda ham shunday yoki shunga yaqinroq bo’ladi. Shuning uchun ham statistika usuli ko’p miqdordagi ishlab chiqarishda qo’llanadi. Normal taqsimot qonuni. Normal taqsimot chizig’i ham (5.16-rasm) ishlov xatosi haqida qandaydir tassurot uyg’otadi. Bunday Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling