5-Mavzu. Aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o’zgaruvchan xatoliklar. Tasodifiy xatoliklar, ularning asosiy qonuniyatlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.01.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1097463
1   2   3   4   5
m
-
X=6s qabul qilinadi. Qonunning alohida bo’laklariga (oraliqlariga) mos keladigan 
integral hisoblari, odatda, maxsus jadvallarda beriladi. 
Agar taqsimot chizig’i takrorlanish nol bo’lgan nuqtadan boshlanadigan 
koordinat tizimiga joylashtirilsa, unda o’lchamlar taqsimoti chizig’ini bildiradi. 


Koordinat boshi X
o’r
qiymatga qo’yilsa, absissa qiymatlari ishlov xatosini 
ko’rsatadi, o’lchamlarning taqsimot qonuni esa to’plam detallarga ishlov berish 
xatosining taqsimot qonunini bildiradi. 
Taqsimot xususiyatini bilgan holda bajarilayotgan amalning aniqligini 
tadqiq etishni osonlashtirish mumkin. Ishlov berilgan detallar uchun s ni hisoblab, 
amaliy chiziqni chizmay turib ham yoyilish maydoni qiymatini hisoblash mumkin: 
w= 6s. Bu usul ishlov aniqligi qanday bo’lishini bilish bilan bog’liq turli 
masalalarni yechishni osonlashtiradi. Masalan, o’lchamning berilgan aniqligini 
ta’minlash uchun muayyan bir ishlov usulini qo’llash imkoniyatini aniqlash; 
asbobni berilgan o’lchamga moslab o’rnatishdagi ruxsat etilgan xatoni aniqlash va 
shu kabilar. 
Normal taqsimot chizig’ining bo’laklari uchun avvaldan hisoblab qo’yilgan 
(maxsus jadvallar) integrallar qiymati yordamida nuqsonli detallarning ehtimoliy 
ulushini aniqlash mumkin. Muayyan ishlov usuli zaruriy aniqlikni ta’minlamasa, 
aniqlikni tahlil etish bo’yicha boshqa masalalarni yechishda shunday qilinadi. 
Ishlov aniqligini taqsimot chizig’i yordamida tadqiq etib, ishlovning turli 
usullari yordamida olish mumkin bo’lgan aniqlik me’yorlarini (yoyilish maydoni 
w= 6s) tuzish mumkin. Ishlov aniqligi analitik hisoblar bilan aniqlab bo’lmaydigan 
ishlab chiqarish xatolariga bog’liq bo’lgan hollarda bunday me’yorlarning 
ahamiyati katta. 
Muhim musbat kattalik (MMK)larning taqsimot qonuni. Bunday 
kattaliklar bilan mashinasozlik sanoati mahsulotining sifatiga baho beriladi. Ularga 
urish (биение), markazlarning mos kelmasligi (эксгентриситет), noparallellik, 
qiyalik (noperpendikulyarlik) va shu kabi ko’rsatkichlar kiradi hamda mahsulot 
shaklining xatosini ifodalaydi. Bu kattaliklar uchun faqat eng yuqori qiymat 
ko’rsatiladi, chunki uning kamayishi mahsulot sifatining oshganini bildiradi. 
MMKning taqsimlanishi normal taqsimot qonuniga bo’ysunmaydi. Bu hol 
ishlab chiqarish jarayonlari MMKsi nolga yaqin yoki teng bo’lgan, aniq 
o’lchamlarga erishishga qaratilgani bilan izohlanadi. MMKning 5.20-rasm) va bu 
statistik tajribalarda tasdiqlangan. 


5.20-rasmda MMKlarning taqsimlanish chiziqlaridan bir guruhi ko’rsatilgan 
bo’lib, ularning har biri o’ziga xos ko’rsatkichlar (yoyilish w va nisbiy 
takrorlanish- Y)ga ega. Chiziqlardan ko’rinishicha, MMKlar qaysidir bir 
raqamlarga ega bo’lganda (1-chiziq) normal taqsimotning yarmisini aks ettira olar 
ekan. Chiziq w ning musbat yo’nalishi bo’ylab siljiganda yoyilish kamayadi. Ular 
Maksvell qonuniga mos 
keladi. Chiziq w o’qi 
bo’ylab yana ham siljiganda 
simmetriklasha 
borib, 
shakli bo’yicha normal 
taqsimotga 
yaqinlashib 
qoladi (4-chiziq), undan 
narida esa nosimmetriyalik 
yana ko’payadi. 
Amaliy 
taqsimot 
chizig’i 
ma’lum 
uslub 
bilan, o’lchashlar natijasiga qarab chiziladi. Nazariy taqsimot chizig’i esa amaliy 
chiziqning ko’rinishiga qarab faraz qilinadi va bu taxmin nechog’lik to’g’ri ekani 
aniqlanadi. Bu chiziqlarga qarab tadqiq etilayotgan jarayonning aniqligi 
tekshiriladi. Unga qo’shimcha ravishda nuqsonlarning foizlarda o’lchanadigan 
ehtimoliy va amaliy qiymati olinadi. 
Nuqtali diagramma usuli texnologik jarayonlarni statistik sozlash 
(boshqarish)ga qaratilgan. Bu usulda zagotovkalar to’piga ishlov berish natijalari 
grafik ko’rinish bilan tasvirlanadi. Absissa o’qi bo’yicha ishlanayotgan zagotovka 
(yoki zagotovkalar to’pi)ning tartib raqami, ordinata o’qi bo’ylab ularni o’lchash 
natijasi qo’yib chiqiladi, so’ng koordinatlar kesishgan nuqta belgilanadi. Shunda 
nuqtali diagramma hosil bo’ladi. 
5.20-rasm. Ishlov aniqligini ω va d bo’yicha 
baholanishi 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling