5 Mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
03. BUXGALTERIYA HISOBI 126
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
6
- Mavzu . INVESTITSIYALAR HISOBI Reja: 6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 6.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi 6.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari, investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k. Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan. 22 Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi. Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli 22 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida» gi farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul. 176 qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi. Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan 23 , hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi. Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin. SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi 23 O‘zR VM 1994 yil 8 iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23 sentyabrdagi 274– sonli O‘zR VM qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. 177 navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi. Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi. SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi mumkin. Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul mablag‘larini deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi – sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi. Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay 178 shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo‘ladi. Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir. So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi. Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib 179 hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling