5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi


Download 189.57 Kb.
bet13/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi. Bilish dunyoning obyekt va subyektga bo’linishini nazarda tutadi. Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot
bo’lgan inson bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadigan subyektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning obyektivligi, haqiqatning subyektdan mustaqilligi e’lon qilingan. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish subyektlarining o’tkinchi manfaatlari ko’pincha obyektivlikka xalaqit berardi, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o’rinli bo’lgan. Faylasuflarni
subyektning obyektga ta’siri muammolari, anglab yetilayotgan obyektga subyektivlikning ta’siri yo’llari va xususiyati masalalari tobora ko’proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo va tegishli tushunchalar o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo barcha bilish qobiliyatlariga ega bo’lgan individ. Subyekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat hamdir. Ayni vaqtda, kichik guruh ham «subyekt» bo’lishi mumkin. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur mazkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg’ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu obyekt bo’ladi.
Subyekt iyerarxiyadan
negizini butun ijtimoiy yaxlitlik tashkil etuvchi murakkab iborat. Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy
yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo’lmagan birliklar ajraladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o’z madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g’oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida subyekti sifatida o’tib keladi. U tabiat hodisalari, hayvonlar yoki o’simliklarning shifobaxsh xossalari, har xil materiallarning xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma’lumotlar to’playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg’uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar yaratishdan iborat bo’lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, subyekti olimlar hamjamiyati bo’lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o’rin tutadi. Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g’oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi.
Bilishning haqiqiy subyekti hyech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega
bo’lmaydi: u o’z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo’lgan, irodali yoki irodasi bo’sh tirik shaxs. Biroq ko’pincha bilish subyekti deganda intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo’lagi tushuniladi.
Subyekt va uning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalar bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subyektning obyektga nisbatan, balki o’ziga, o’z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari, me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi.
Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o’rin olgach, bilish obyektini tashkil etadi, subyekt bilan «subyekt – obyekt» munosabatlariga kirishib, ma’lum ma’noda subyektning «mulki»ga aylanadi. Binobarin, subyektning ongiga bog’liq bo’lmagan o’zicha borliq va subyekt bilan yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U go’yo subyektni o’zini bilishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda, subyekt bilan munosabatga kirishgan obyekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya’ni ong – o’zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong faktiga aylangan borliqdir va shu ma’noda bilish obyekti endi ijtimoiy faktga aylanadi.
Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (uni o’rganishayotgan va ta’mirlashayotganida), boshqa individ ham,
yuqorida ko’rganimizdek, anglab yetayotgan individ bilan bog’liq narsalar va hodisalar ham obyekt bo’lishi mumkin. «Obyekt» tushunchasini obyektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o’rganish «obyekti»ga aylanishidan
ancha oldin mavjud bo’lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o’rganila boshlangan va «obyektlar»ga aylangan.
Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati
bilan ham bog’liq.
Bilish faoliyati nuqtai nazaridan subyekt obyektsiz, obyekt esa – subyektsiz mavjud bo’lmaydi. Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo’lgan holda, nafaqat antik davrda, balki J.B.Lamark va Ch.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur
obyekti bo’lmagan. Olimlar bu ko’zga ko’rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o’z bilish faoliyatining obyekti sifatida aniqlay olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o’zgarishlar yuz berganidan so’ng muvaffaq bo’lindi. Yoki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o’n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini tadqiqot obyektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish obyekti va predmetini farqlash odat
tusini olgan. Bilish obyekti deganda borliqning o’rganilayotgan amalda mavjud bo’laklari tushuniladi. Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o’rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko’p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sosiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o’rganishga o’z nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq- atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o’rganadi va
h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo’ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi.
tarix yaratuvchisi, subyekti hisoblanadi, o’z tarixiy
Ma’lumki, mavjudligining ijtimoiy-tarixiy
inson zarur bilish
shart-sharoitlari va asoslarini obyekti odamlar tomonidan
o’zi yaratadi. Binobarin, nafaqat o’rganiladi, balki
yaratiladi ham, demak, obyektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim.
Shunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli bilan, demak, amaliy faol jonzot bo’lgan o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish subyekti bo’lgan inson shu tariqa uning obyektiga ham aylanadi. Shu ma’noda ijtimoiy bilish insonning
ijtimoiy o’zlikni anglash jarayonidir. Bunda inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi uchun kashf etadi va o’rganadi.
Shu sababli ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi
murakkablashadi, bu yerda obyekt bir vaqtning o’zida tarixiy ijod subyekti hamdir. Ijtimoiy bilishda hamma narsalar va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish obyekti – odamlarning o’zi va ular faoliyatining natijalari, bilish subyekti ham odamlardir. Bilish jarayoni shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so’rovlar, so’rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniyat
yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va
uning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda olimning grajdanlik pozisiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling