5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja
Download 290.07 Kb.
|
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org
Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya»
tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o’ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog’liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo’lgan bifurkasiya, «fluktuasiya», «dissipasiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to’lqin) degan innovasion tushunchani kiritish mumkin. So’nggi tushuncha ma’lum ma’noda suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo’lishi, shuningdek yo’qolishi, parchalanishi mumkin. U o’zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o’ziga xos «hissiy-o’ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli obyekt–o’zbek xalqini ma’lum zamon, makon bo’lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, obyektni yaxlit ifoda etish uchun o’zbek xalqining barcha vakillarini yig’ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur obyekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o’rganish mumkin. U butun sivilizasion-tarixiy jarayonning yo’nalishini ko’p jihatdan belgilab beradi. Yana bir misol–talabalar guruhi. U dam paydo bo’ladigan, dam ko’zdan yo’qoladigan suzuvchi obyekt sifatida o’zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida namoyon bo’ladi. Masalan, o’quv mashg’ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit obyekt sifatida mavjud bo’lmaydi, ammo institusiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u obyekt sifatida namoyon bo’ladi va o’z-o’zini identifikasiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a’zolari o’rtasidagi do’stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo’llab-quvvatlanadi. Kumatoidning o’ziga xos xususiyati shundaki, u zamon va makonda mahalliylashishga befarq bo’libgina qolmay, substrat–o’zini tashkil etuvchi materialga ham qattiq bog’lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo’nalishi yoxud xulq-atvor tarziga bog’liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki bunday xususiyatlar to’plami bilan aniq identifikasiya qilish mumkin emas. Butun ijtimoiy hayot suzuvchi obyektlar–kumatoidlar bilan to’lib-toshgan. «Case studies» tipiga mansub, ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o’tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o’tkazishda fanlararo tadqiqotlar o’tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual subyektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o’rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi presedentning, ya’ni kuzatish ostida bo’lgan va 43
obyektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokantianlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog’liq. Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: tekstual va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. Ularning ikkalasida ham mahalliy determinasiya birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinasiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo’lgan faoliyat, muloqot shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so’zlar va harakatlarning ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy- madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to’plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. Hozirgi zamon metodologiyasi o’z an’anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o’tganligini uchun tanqid qilinadi. Mazkur bosqich «abduksiya» deb ataladi va fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko’p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo’llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo’layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo’lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog’liq bo’lmaydi. «Olim hyech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hyech qachon o’z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo’ymasligi kerak» 2
birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo’nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Download 290.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling