5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet25/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Evristika. Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so’zdan
kelib chiqadi. «Evristika» atamasining qo’llanilishi qadimgi yunon olimi 
aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog’lanadi. Bu nuqtai
nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o’rganishni istaganlarga 
mo’ljallangan qoidalarning maxsus to’plami sifatida namoyon bo’ladi. «Mahorat
2
Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое.–М., 1989. -С. 85.



44
sirlari» hamisha qat’iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar 


to’g’risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa


hisoblangan. G. Leybnisning «Kashfiyot san’ati» g’oyasi amalga oshmadi. B. 
Spinoza to’g’ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga
ega bo’lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd 
etgan bo’lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi. Muayyan ilmiy bilimdan
haydaladigan barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini 
to’ldiradi. Barcha mumkin bo’lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini
kengaytirish, ilgari ma’lum bo’lmagan yangilikni yaratish kutiladi. Ko’pincha 
«evristika» tushunchasini tafakkurga bog’lab, «evristik tafakkur» tarzida
qo’llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning 
yaratuvchi funksiyasi to’g’risida so’z yuritiladi. G’arb falsafasida evristik
tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi: 
«tinch oqar suv» yoki o’rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki
insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi. 
Evristika metodologiyaning bo’limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo’q.
Ammo, o’z-o’zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va 
o’ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar
noan’anaviy yo’llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika 
fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o’ziga xos belgisidir. Ammo
evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy 
izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo’ladi. Reduksiya, metodlarini
o’zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan 
ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o’zi
ma’lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, 
oqilonalik va nooqilonalik o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. U
xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to’g’ri yo’l topishga 
ko’maklashadi. Ilmiy tavakkal mezoni sifatida evristiklik ilmiy bilimni
rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning 
postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristiklik xususiyati bilim berish
jarayonini o’zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o’yin tarzida o’tkazish imkonini 
beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko’tarildi.
Evristika sirlariga yaqinlashishga bo’lgan eng so’nggi urinishlardan A.F. 
Osbornning «miyaga hujumi»ni qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning
o’rindoshlik, o’tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog’liq an’anaviy usullari 
bilan bir qatorda, xayolni rag’batlantiruvchi usullar: tig’iz muddatlar tizimi,
muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini 
yaratish, shuningdek hazil taxminlar qilish qayd etiladi. Ammo, evristika
yo’nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali 

45
hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini ishlab chiqish amalga 


oshirib bo’lmaydigan vazifa, degan g’oyasi yanada an’anaviyroq hisoblanadi.


Darhaqiqat, evristika o’ziga xos metodologiya, ya’ni ijodiy faoliyat metodlarining 
majmui sifatida ma’lum talablar qo’yadi:
– u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini 
qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;
– qo’llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy 
farq qilishi mumkin;
– usullardan foydalanishga tadqiqot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan tashqi 
cheklashlar qarshilik ko’rsatadi;
– izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo’lib, bilish 
subyektining ruhiy va motivasion faoliyati bilan chambarchas bog’liq.


Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling