5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet4/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Kant agnostisizmi. Kant agnostisizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz
biladigan narsa (fenomen) va o’z holicha mavjud bo’lgan narsa (noumen) mutlaqo 
har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada teran anglamaylik, bizning
bilimimiz baribir o’zicha mavjud bo’lgan narsalardan farq qiladi. Shunday qilib
Kantning fikricha, bizning ongimizga, hissiyotimizga, tafakkurimizga bog’liq
bo’lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o’zida» sifatida ta’riflaydi. 
Kantning ta’kidlashicha, bilish jarayoni «narsa o’zida»ning sezgi a’zolarimizga
bevosita ta’siri ostida his-tuyg’uning uyg’onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-
tuyg’ular, tushuncha va hukmlar o’z holicha «narsa o’zida» haqida muayyan
nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo’q ekan, degan 
xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan shunday ishonchli
bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo’lmasin, «narsa o’zida» 
haqidagi haqiqiy bilim bo’la olmaydi. Bizning tafakkurimizda shakllangan
tushunchalar «narsa o’zida»ni qay darajada to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettira oladi, 
degan savolga aniq javob mavjud emas, deydi Kant.
Agnostisizm Kant bilish nazariyasining negizini tashkil etadi. Inson obyektni 
o’z tabiatiga ko’ra hodisa va mohiyat nuqtai nazaridan o’rganadi. Demak, bu
jarayon ma’lum darajada bir-biriga qarama-qarshi qo’yiladi. Hodisadan mohiyatga 
o’tish ziddiyatli jarayondir. Sezgi bergan ilk ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri
tafakkur «laboratoriyasi»ga qabul qilinavermaydi. Ammo, Kant fikriga ko’ra, 
shunday bir subyekt borki, uning uchun bilim darajasi mavjud emas. Uning bilimi
doimo to’liq va haqiqiydir. Bu subyekt – Xudo. Garchi Kant diniy e’tiqod 
manfaatlarini ko’zlab bilimni chegaralab qo’ygan bo’lsa-da, u ayni vaqtda
axloqning e’tiqoddan mustaqil ekanligini ta’kidlashga harakat qiladi. Axloq dinga 
emas, balki aksincha, har qanday din axloqqa asoslanmog’i kerak, degan xulosaga
keladi.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling