5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet6/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? «Bilim» tushunchasiga aniq ta’rif
berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu 
tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga
esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p har xil turlari 
mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib,
bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz. Odatda, biz nimanidir 
bilishimiz haqida gapirganimizda, o’zimiz bu «nimadir» haqida ancha to’g’ri
tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol 
yoki faqat o’z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo’ladi.
Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz 
mumkin. Shunday qilib, o’z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos
1
Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. – 3-б.

7
keladigan va ma’lum asoslarga ega bo’lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb 


hisoblaymiz.


Teran ma’no bilan sug’orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi 
epistemologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni vaqtda, epistemologiya bu talqin
zamirida mujassamlashgan ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. 
«S subyekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart epistemologik talqin
quyidagi uch shartni o’z ichiga oladi: 
(1) haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni 

biladi». Men Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman,
basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar 
men Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsam, mening bu fikrim bilim
emas, balki yanglish fikr, xato bo’ladi.
(2) ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P 


Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling