5-mavzu. Birja savdosini tashkil qilish


Download 34.08 Kb.
bet7/9
Sana16.03.2023
Hajmi34.08 Kb.
#1279355
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-maruza(1)

10. Ochiq birja savdolari o'tkazish uchun birja yig'ilishlarini tashkil etish, aynan:
• birja savdolarini tashkil etish
• birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish
• savdoni moddiy-texnik ta'minlash
• birjaning malakaviy apparati.
Savdoni tashkil qilish uchun birja, avvalo, ochiq birja savdosi o'tkazadigan ko'p sonli sotuvchi va xaridorlarni sig'dira oladigan, yaxshi jihoщlangan bozor joyiga (birja zaliga) ega bo'lishi lozim. zamonaviy elektron aloqa vositalaridan foydalanish savdo qilayotganlarning zalda shaxsan albatta ishtirok etishini talab qilmaydi, balki savdoni elektron kompyuter terminallari orqali amalga oshirish imkonini beradi. Biroq bu holatda ham birja yuqori samarali elektron savdo tizimini ta'minlashi ko'zda tutilgan. Savdoning moddiy-texnik ta'minoti birja zalini savdo qatnashchilari uchun ish o'rinlari bilan jihozlash, kompyuter ta'minoti va hokazolarni qamrab oladi.
11. Birja shartnomalarini ishlab chiqish, u quyidagilarni qamrab oladi: • birja savdolarining sifat tavsifnomalariga talabni standartlashtirish • tovarlar partiyasi hajmini standartlashtirish • birja bitimlari bo'yicha hisob-kitoblarga talablarni ishlab chiqish. Birja savdolariga qo'yiladigan tovarlarga nisbatan birja qattiq talablar belgilaydi. Bu talablar asosida birja standartlari ishlab chiqiladi va tovar birjalarida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar tomonidan hisobga olinadi.
12. Bitimlar bajarilishini kafolatlash kliring va hisob-kitob birja tizimlari vositasida erishiladi. Buning uchun birja savdo qatnashchilarning bir-biriga talablari va majburiyatlarini hisobga olish yo'li bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimidan foydalanadi, shuningdek, ularning ijro etilishini tashkillashtiradi.
13. Birjaning axborot faoliyati. Birjaning eng muhim funktsiyasi birja narxlarini to'plash va ro'yxatga olish, ularni umumlashtirish e'lon qilish, mijozlarga, boshqa turli manfaatdor tashkilotlarga, xalqaro bozorga namuna bo'yicha tovarlar mavjudligi haqida axborot taqdim etish, uni gazeta, jurnal, axborot agentliklarida chop etish.



Download 34.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling