Stress tekshiruvchi suhbat. Stress tekshiruvchi suhbat u yoki bu shaxsni stressga reaksiyasini tekshirish maqsadida nomzodlarni qiyin holatga qoʻyadi. Bu metod ranjimasdan qiyin holatlarga ro‘baro‘ keluvchi shaxsni lavozimga tanlashda qoʻllaniladi. Stress tekshiruvchi suhbat nomzodlarning jasurlik, odoblilik, sovuqqon tabiat va oʽzini tuta bilish kabi xislatlarni boshqa shaxslar va guruhlarga zid kelgan hollarda tekshiradi.
Tanlov suhbati. Tanlov suhbatning eng asosiy maqsadi muayyan ish oʻrinlari uchun nomzodlarning mosligini aniqlashdir. Ishga yollanishdagi suhbatlar suhbat oʻtkazuvchilar guruhi tomonidan oʻtkaziladi. Suhbat 10 minutdan 45 minutgacha, hattoki, undan ham uzoqroq vaqtni olishi mumkin. Suhbat oʻtkazuvchilar esa yaxshi nomzodlarga bundan ham koʻproq vaqt ketkazadilar. Ular nomzodlarning tashkilotga qoʻshilish uchun mosligini baholashga qodir boʻlishlari uchun yetarlicha ma’lumot yigʻishlari kerak boʻladi. Nomzodlar ham tashkilot, uning ishchilarga oid siyosati va madaniyati, yangi ishchilardan nima kutishi va karyera rivojlanishida qanday imkoniyatlar taklif etilishi haqida bilib olishlari shart.
Kasbiy nutq maqsad yo‘nalishlari xususida gap borar ekan, uning yana bir muhim jihati e’tiborga loyiq. Ma’lumki, nutq orqali inson oʽzi uchun zarur boʻlgan obroʻ-e’tibor qozonadi, ijtimoiy mavqeini oshiradi. "Odamning qimmati - soʽzida", deya bejiz aytmagan xalqimiz. "...Biz odatda e’tibor qilmagan kishi suxango‘yligi bilan bizni rom etishi mumkin. Aql jismga jon ato etishi bilan barcha, muayyan ma’noda uni yangilaydi ham; bir-birini quvib, almashib kelayotgan tuygʻu va fikrlar yuzni jonlantiradi va unga u yoki bu ifoda beradi; aqlli nutq odamga diqqatni uzoq vaqt bogʻlab qoʻyadi". (Jan Jak Russo).
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |