Suhbat va uning turlari:
Lavozim oshirilishi uchun suhbat. Shaxslar raqobat boʻlmasada lavozimi oshirilishi uchun suhbatdan o‘tadilar. Suhbatning bu turi norasmiy va yangi majburiyat va burchlarga kirish sifatida xizmat qiladi. Va agarda lavozim oshirilishida raqobat boʻladigan boʻlsa, bu holda suhbat tanlov jarayonida yordam beradi va nomzod uchun karyera imkoniyatlari muhokamasi uchun suhbat tariqasida xizmat qilishi mumkin.
Attestatsiya yoki baholash uchun suhbat. Attestatsion suhbat ishchilarning davriy baholash metodlaridan biridir. Yillik attestatsiya suhbati ishchilarning unumdorligini baholashning eng yaxshi metodlaridandir. Yuzma-yuz suhbat ikkala tomon uchun ham ish bilan bogʻliq turli masalalarni muhokama qilish imkoniyatidir. Bu suhbat savol-javobdan koʻra muhokama tarzida kechadi. Bunda e’tibor karyera rivoji, kamchiliklar, takomillashtirish zarur boʻlgan sohalar, trening, lavozim ko‘tarilishi uchun imkoniyatlar va hokazolarga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |