5-mavzu. Boshqarishning tashkiliy strukturalari. Reja: Boshqarish strukturasining mazmuni


Download 140 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi140 Kb.
#1262684
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-MAVZU. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI.


5-MAVZU. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI.


Reja:


1. Boshqarish strukturasining mazmuni.
2. Boshqarish organlari, boshqarish bo’g’inlari, boshqarish bosqichi.
3. Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar.


1. Boshqarish strukturasining mazmuni.
Tashkilotni boshqarish tuzilmasi o’zaro bog’lanishli turli elementlarning tartiblashtirilgan majmuidir. Mazkur elementlar o’rtasida barqaror aloqalar mavjud bo’lib, ular zamirida tashkiliy tuzilma yaxlit tizim sifatida rivojlanishi va amal qilishi mumkin.
Tashkiliy tuzilma doirasida boshqaruv jarayoni ro’y beradi va uning ishtirokchilari o’rtasida muayyan funksiyalar hamda vazifalar o’zaro taqsimlanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralsa, tashkiliy tuzilma umumiy boshqaruv bilan bog’liq faoliyatni o’zaro taqsimlash va muvofiqlashtirish (koordinatsiyalash) demakdir. Mazkur jarayon davomida tashkiliy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan boshqaruv faoliyati amalga oshiriladi. Boshqaruv tuzilmasi tarkiban qismlarga ajratilgan tashkiliy faoliyat maqsadlarini va xatti-harakatlarni o’zaro muvofiqlashtiruvchi aloqalarni qamrab oladi.
Tashkiliy tuzilma elementlari:

  • boshqaruv tizimining sub’ekti boshqaruvning muayyan funksiyasi bilan mashg’ul shaxs;

  • boshqaruv organi – muayyan aloqadorlikda bo’lgan boshqaruvchilar guruhi (birlamchi boshqaruv tuzilmalari);

  • birlamchi boshqaruv tuzilmalari — umumiy rahbarga bo’ysungan ammo qo’l ostida boshqariladigan xodimlari bo’lmagan boshqaruvchilar guruhi (bir yo’nalishli boshqaruv tizimi).

Tashkiliy boshqaruv tuzilmasidagi o’zaro aloqalar:

  • gorizontal yo’nalishdagi aloqalar – odatda, bir pog’onali munosabatlardan iborat bo’lib, harakatlarni o’zaro muvofiqlashtirishga asoslanadi;

  • vertikal yo’nalishdagi aloqalar — bir necha pog’onali boshqaruv tizimi sharoitida shakllanadi va o’zaro bo’ysinish tamoyiliga asoslangan munosabatlar majmuini ifodalaydi;

  • bir yo’nalishli boshqaruv tizimida qaror topgan o’zaro aloqadorlik. Unga ko’ra, jamiki tashkiliy masalalar yuzasidan yuqori turuvchi rahbarga bo’ysunish tamoyili amal qiladi;

  • funksional aloqadorlik muayyan guruhga mansub muammolarni hal etish davomida funksional rahbarga bo’ysunishga asoslangan munosabatlar.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling