5-mavzu. Boshqarishning tashkiliy strukturalari. Reja: Boshqarish strukturasining mazmuni


Matritsali tuzilma va uning afzalliklari


Download 140 Kb.
bet6/7
Sana12.03.2023
Hajmi140 Kb.
#1262684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-MAVZU. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI.

Matritsali tuzilma va uning afzalliklari
Matritsaviy struktura bo`yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bajarishga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan (4.5-rasm).

5-rasm. Boshqarishning matritsaviy strukturasi.
Ushbu strukturani “to’r” ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning, ya’ni:
funksional struktura;
mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
Ko’rib turibmizki, gorizontaliga funksional vazifalar (ishlab chiqarish, sotish, reklama va hokazo), vertikaliga esa texnologiya va boshqaruv sohasida yangiliklarni joriy etish bilan shug’ullanuvchi maxsus guruhlar joylashgan. Mazkur strukturaga binoan bir vaqtning o’zida to’rtta yangi mahsulot bo’yicha loyiha tuziladi. Har bir loyiha uchun alohida rahbar javob beradi. Guruhlarning to’rttalasi ham mahsulotni loyihalashdan to sotishgacha bo’lgan barcha jarayonda qatnashadi.3
Boshqarishning matritsaviy strukturasining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o’zida loyiha bo’yicha boshqarishda, shuningdek, o’zining funksional organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo’ysunadi. Bu strukturaning o’ziga yarasha afzalliklari bor. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
boshqarish jarayonidagi gorizontal aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi;
qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;
korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarishiga tezda ko’nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
chiziqli bo’ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan moyillikni bir qadar so’ndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda bu strukturaga ham ayrim kamchiliklar xos. Bu uning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatga ega emasliklarida namoyon bo’ladi. Bunday tushunmovchilik nafaqat rahbarlarni, balki ularning qo’l ostidagi kishilarning ham noqulay holatga tushib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, boshqarishning dasturli-maqsadli strukturalari ishlab chiqarishning o’zgarib turadigan sharoitlariga moslashuvchi dinamik shakllar bo’lib, boshqaruv jarayonlarini, kadrlar bilan ishlashni ancha yengillashtiradi, belgilangan maqsadlarga tezroq va kam xarajat qilgan holda erishishga yordam beradi. Bunday strukturalar yirik ishlab chiqarish va boshqa birlashmalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida katta muvaffaqiyat bilan qo’llanilishi mumkin.
Boshqarishning tashkiliy strukturalari to’g’risida yakuniy xulosa chiqarar ekanmiz, quyidagilarga alohida e’tibor berilishini lozim deb hisoblaymiz. Boshqarishning ko’rib chiqilgan tashkiliy strukturalaridan birortasini ham rasmiy struktura deb bo’lmaydi. Shuning uchun har bir korxona (firma) o’z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o’z talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy struktura turini o’zi tanlashi kerak.
Tashkilotni boshqarish tuzilmasi o’zaro bog’lanishli turli elementlarning tartiblashtirilgan majmuidir. Mazkur elementlar o’rtasida barqaror aloqalar mavjud bo’lib, ular zamirida tashkiliy tuzilma yaxlit tizim sifatida rivojlanishi va amal qilishi mumkin.
Bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi.
Alohida xususiyatlari:
iyerarxik shaklga ega bo’lgan tashkiliy tuzilma bo’lib, unda yuqoridan quyiga tomon bo’ysunish tamoyili joriy etiladi;
ushbu tashkiliy tamoyilga asosan har bir bo’linmaga rahbarlikni amalda bir kishi bajaradi. O’z vakolatlari doirasida u hamma masalalarni hal etishga haqli. O’z navbatida, bu rahbar xodim lavozimi bo’yicha o’zidan yuqoriroqda turgan rahbarga bo’ysunadi.
Bir yo’nalishli (chiziqli) — shtabli boshqaruv tuzilmasi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling