5-mavzu. Boshqarishning tashkiliy strukturalari. Reja: Boshqarish strukturasining mazmuni
Tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish tamoyillari
Download 140 Kb.
|
5-MAVZU. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi Alohida xususiyatlari ( 4.1‑rasm ): 1‑rasm. Boshqarishning chiziqli strukturasi
Tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish tamoyillari:
boshqaruv tuzilmasi tashkiliy faoliyatning maqsad va vazifalarini ifodalashi, ishlab chiqarish maqsadlariga bo’ysundirilishi va ularga mos ravishda o’zgarib turishi lozim; funksional jihatdan mehnat taqsimotini va boshqaruv tizimi xodimlarining vakolatlarini aks ettirishi lozim; bu masalalar firmaning siyosati, tashkiliy protseduralar, qoidalar va mansab yo’riqnomalari bilan belgilanadi. Odatda, bu xil vakolatlar mansab pog’onasi yuksalgan sari kengayib boradi; rahbarlik vakolatlari tashqi omil, madaniyatlilik darajasi, shaxsiy qadriyatlar, jamiyatda qaror topgan an’analar va me’yorlar ta’sirida chegaralanishi mumkin; bu o’rinda bir masalaga alohida ahamiyat berish lozim, ya’ni bir tomondan, ma’lum bir mansabdagi shaxsning zimmasiga yuklatiladigan majburiyat (funksiya)lar vakolatlar ko’lamiga mos kelishi shart, ikkinchi tomondan, malaka va madaniyat darajasi o’zaro mos tushmog’i kerak. Bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi Alohida xususiyatlari (4.1‑rasm): 1‑rasm. Boshqarishning chiziqli strukturasi iyerarxik shaklga ega bo’lgan tashkiliy tuzilma bo’lib, unda yuqoridan quyiga tomon bo’ysunish tamoyili joriy etiladi; ushbu tashkiliy tamoyilga asosan har bir bo’linmaga rahbarlikni amalda bir kishi bajaradi. O’z vakolatlari doirasida u hamma masalalarni hal etishga haqli. O’z navbatida, bu rahbar xodim lavozimi bo’yicha o’zidan yuqoriroqda turgan rahbarga bo’ysunadi; bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasida tashkiliy rahbarlik funksiyasini bajaruvchi tizim ishlab chiqarish ehtiyojlarini nazarda tutib qismlar (bo’g’inlar)ga ajratiladi. Bunda ishlab chiqarishning markazlashuvi, ayrim texnologik xususiyatlar, mahsulot nomenklaturasi va boshqa shu kabi elementlar nazarga olinadi; bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi amal qiladigan tashkilotlarda yakka rahbarlik tamoyili o’rnatiladi. Bu degan so’z, alohida olingan bir shaxs jami tashkiliy masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Barcha xodimlar rahbarning farmoyishlarini ijro etishi lozim. Mazkur prinsipga muvofiq, boshqaruvning iyerarxik pog’onasida yuqoriroq lavozimga ega bo’lgan shaxs personalga ularning bevosita rahbarini chetlab o’tib, hech qanday farmoyish bera olmaydi; bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi ko’pincha kichik va o’rta hajmdagi korxonalarda qo’llaniladi. Bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasini joriy etilishi afzal tomonlari: tashkiliy masalalar bo’yicha farmoyishlar bir markazdan aniq tarzda beriladi; tashkiliy tuzilma miqyosida ijrochilik funksiyasining muvofiqlashtirilishi; rahbariyat va personal o’rtasida aniq tarzda tartiblashtirilgan o’zaro aloqadorlik tizimining mavjudligi; to’g’ridan-to’g’ri beriladigan farmoyishlarga javoban tezkorlik bilan munosabat bildirish imkoniyatining mavjudligi; aniq vazifa ijrochilari barcha rahbarlik pog’onalarida muvofiqlashtirilgan va resurslar bilan ta’minlangan farmoyishlar asosida ish olib boradi; har bir tashkiliy bo’linma rahbari o’z vakolatlari va majburiyatlari doirasidagi faoliyat natijasi uchun shaxsan javobgardir. Bir yo’nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasining kamchiliklari: tashkilot rahbariga yuqori darajali talablar qo’yiladi, u tashkiliy faoliyatning barcha sohalaridan boxabar bo’lishi lozim. Ammo bunday qat’iy talablar boshqaruvchilik samaradorligining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin; yuqori pog’onadagi menejerlarning tashvishi haddan ziyod ortib ketadi, zero ular qo’lidan o’tadigan axborotning, ish hujjatlarining ko’lami keskin oshadi, xodimlar va tashkilot rahbarlari bilan muloqotlar juda ko’payib ketadi; turli tashkiliy bo’g’inlar faoliyatiga aloqador masalalarning yechimini topish ancha mushkullashadi; tashkiliy qarorlarni rejalashtirish va amaliy ijrosini ta’minlash jarayonida tashkiliy tuzilmaning barcha pog’onalaridagi menejerlar ishtiroki kuzatilmaydi. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling