Bir yo’nalishli (chiziqli) — shtabli boshqaruv tuzilmasi
Alohida xususiyatlari (2‑rasm):
2-rasm. Boshqarishning chiziqli‑shtabli strukturasi
Bir yo’nalishli boshqaruv tuzilmasining muayyan pog’onasida turgan rahbarga bo’ysunuvchi alohida bo’linma tashkil etilgan bo’lib, bunda mustaqil ravishda hech qanday tashkiliy qaror qabul qilishga va o’zi bo’ysunadigan rahbarning qo’l ostidagi xodimlarga buyruq berishga haqli emas;
mazkur bo’linma (shtab)ning asosiy vazifasi o’zi bo’ysunadigan menejerga boshqaruvning ayrim funksiyalarini ijro etishga ko’maklashishdan iborat;
boshqaruvning shtabli tuzilmasi joriy etilganda yuqori pog’onadagi menejerlar qoshida malakali mutaxassislardan tashkil topgan shtab faoliyat ko’rsatadi;
shtab tuzilmasi tarkibiga nazorat, harakatlarni muvofiqlashtirish va vaziyatni tahlil qilish, tarmoq faoliyatini rejalashtirish, sotsiologik izlanishlar, huquqiy xizmat bo’linmalari kiradi;
tashkiliy faoliyat davomida shtabli tuzilmalarni tashkil etish boshqaruvchilik faoliyatining ilk taqsimoti demakdir;
ko’pincha shtabli tuzilmalarning menejerlariga funksional rahbarlik vakolatlari topshiriladi. Ular rejalashtirish-iqtisodiyot (tejamkorlik), marketing, personalni boshqarish va hisob-kitob bo’limlarining faoliyatini boshqarib boradilar.
►Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqalar.
►Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqalar.1
Tuzilmaning afzal tomonlari:
bunday vaziyatda tashkiliy boshqaruv qarorlari tobora puxtaroq ishlab chiqiladi;
bir yo’nalishli boshqaruv tuzilmasidagi menejerlarning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat yukini yengillashtiradi;
tashkiliy masalalarning yechimini topishga tor doiradagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishga imkon beradi.
Tuzilmaning kamchiliklari:
ijrochilik mas’uliyati aniq ifodalanmaydi, chunki tashkiliy qarorlarni tayyorlashda ishtirok etuvchi shaxs ularni amalga oshirish jarayonida bevosita qatnashmaydi;
tashkiliy rahbarlik jarayonlarini uyushtirishda haddan ziyod markazlashtirishga moyillik seziladi;
tashkiliy boshqaruvchilik tizimining yuqori pog’onasida turgan rahbar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |