Umumiy ovqatlanish korxonalari tasnifi
Umumiy ovqatlanish sohasi sub‘ektlarini tasnifiy belgilari va turlari bo’yicha bir-biriga to’g’ri keladigan jihatlari jadvalda ko’rinib turibdi. Ushbu jadvalni tahlil qilganimizda unda ko’rsatilgan ayrim belgilarni biz yuqorida ko’rib o’tdik. Faoliyat muddatiga ko’ra esa – doimiy va mavsumiy turlarga bo’linadi. Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar mavsumiy davrda kelganliklari uchun biz ularga doimiy shaklda xizmat ko’rsata olmaymiz. Shuning uchun biz faoliyat muddatiga ko’ra yilning ma‘lum mavsumlarida, kunning aniq bir ovqatlanish davrida turistlarga xizmat ko’rsatamiz. Bundan ko’rinib turibdiki, turizm faoliyatida ovqatlantirish xizmati aniq bir vaqtni belgilashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |