5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari


Download 0.89 Mb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kurs ishi

Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlari

Aynan, turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining ahamiyatiga kelsak, ushbu xizmat asosiy xizmat turlaridan hisoblanib, joylashtirish xizmatidan keying muhim o’rinda turadi. Xorijiy adabiyotlaming tahlili bo‘yicha ovqatlantirish xizmati qadimiy tadbirkorlik turlaridan biri hisoblanadi. Yevropada bu kabi xizmatlar qadimiy mehmonxona va monastirlardan kelib chiqqan. Dastlab shaharlarda, kichik restoranlar oddiy taomlar va non kabi mahsulotlar bilan xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Shunday restoranlardan biri, Le restaurant Divin (ilohiy tiklovchi) Parijda 1765-yilda ochilgan. Mashhur ingliz tavemalari mehmonlarni oziq-ovqat va ichimlik hamda uy-joy bilan ta’minlashgan.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlami yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishni taqozo etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqari dan kelsin, bundan qat’i nazar restoran xo‘jaligidan yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur.

Odatda, turistlar, qaysi mamlakatda boisalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda gidlar shahaming qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida maiumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtayi nazaridan ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur boigan vencha shnitsellami tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) oimaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo boia boshladi yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlarda va bizda Arab mamlakatlari va islom diniga mansub boigan musulmonlar uchun “halol” taomlar va mahsulotlar taklif qilinadigan restoranlar soni oshib bormoqda.

Ovqatlanishning turlari — ertalabki nonushta, yarim pansion, to’liq pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo'ladi. Pansion - bu uch martalik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko'rsatish variantlarida butun kun davomida va hattoki tunda istalgan vaqt da va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qo'shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.

Nonushta masalasida ma’quli, turist mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda tutilmagan, turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda ovqatlanish mumkinligi tavsiya qilingan joylashtirish vositalari ham mavjud bo’lsada. Bunday hollarda joylashtirish xizmatining narxi keskin pasayib ketadi.

Ovqatlantirishni tashkil etish turistning sog’ligini ham hisobga olgan bo’lishi kerak. Noto’g’ri ovqatlanish, yomon tayyorlangan ovqat zaharlanishga olib kelishi mumkin. Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga borganlarida va ovqat shuningdek, restoranlardagi sifatsiz taomlar xavflidir. Ovqatlanishga bo’lgan diniy, tibbiy kabi ba`zi talablarning o’ziga xosligini turistlar tur sotib olayotganlarida ko’rsatishlari kerak.

Restoran xo’jaliklarida chet ellik turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki chet ellik turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib ularga xizmat ko’rsatish juda ham e‘tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo’lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlanish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo’shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo’yish, idish-tovoq olish, stollarga dasturxonni yoyish, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil qilish uning binosini ichki va tashqi ko’rinishini go’zal bo’lishi va restoran ochilishiga qadar tayyor bo’lishi kerak.

Shuningdek, turistlarni turli xildagi servislardan foydalanishi uchun imkoniyatni yaratib qo’yish kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e‘tibor qaratish kerak, stollarni to’g’ri chiziq yoki shaxmat tartibida o’rnatish, o’rtalaridan bemalol yura oladigan bo’lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham turistlarni hohish irodasi, qaysi yurtdan kelayotganini va hokazolarni hisobga olgan holda ta‘min etish kerak.

Xalqaro turistlarni ovqatlantirish turizm faoliyatida turistlar uchun xizmat ko’rsatishning muhim qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham turistlar uchun xizmat ko’rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchisi - oshxona va boshqa oziq-ovqatlarni sifati va assortimenti, ikkinchisi-oziq-ovqat va xizmatlarni iste‘molchilarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment umumiy ovqatlantirish korxonalarining turiga va uni turli kategoriyalariga qaramasdan barcha uchun bir xil ahamiyatga egadir.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling