5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 0.89 Mb.
bet2/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kurs ishi

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Xizmat ko’rsatish tarmoqlari ichida ovqatlantirsh xizmati eng muhim tarmoqlardan biridir va ushbu sohasini rivojlantirish nafaqat turizm sohasiga shuingdek, butun iqtisodiyot sohasiga ta’sir o’tkazadi. Chunki ushbu soha iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan ham ozaro aloqadordir, masalan, oziq – ovqat ishlab chiqarish sanoati bilan.Shu sababli ham ovqatlantirish sanoatini rivojlantirish uchun bizning yurtimizda ham keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda. O’tgan yili mamlakatimiz YAIMi tarkibida xizmatlar ko’rsatish sohasi 53 foizga yetdi. Bu 2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yuksak samarasi bo’lib, pirovardida taraqqiy topgan ko’pgina davlatlar darajasiga tobora yaqinlashish imkonini berdi. 1

O‘zbekiston milliy pazandachiligi o‘zining noyobligi, pazandachilik an’analarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi, teran tarixiy ildizlarga ega, jahonning ko‘plab mamlakatlarida, shuningdek respublika mehmonlarida Sharq mehmondorchiligi ramzi sifatida g‘oyat mashhurdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy meros va madaniy boylik sifatida pazandachilik san’atini saqlab qolish borasida katta ishlar amalga oshirildi, milliy-tarixiy an’analarni va oziq-ovqat texnologiyasining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Umumiy ovqatlanish sohasida yosh yuqori malakali oshpazlar va mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bularning barchasi milliy pazandachilikning nufuzi oshishiga, uni yanada ommalashtirishga ko‘maklashdi.2



Ushbu muammoni amalga oshirishda mutaxassis kadrlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida ovqatlantirish sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, ushbu soha mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo‘yiladigan malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Hozirgi kunda turizmning aynan ovqatlantirish sanoati jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u muhim makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi ko‘pgina davlatlarning daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur tarmoqqa etiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib bormoqda. Jumladan, turizmni rivojlanishiga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Prezidentimiz O‘zbekistonda “Yangi, istiqbolli yo‘nalishlar misol uchun, turizm, mehmonxona xo‘jaligi, restoran biznesi, uy-joy qurish hamda ta’mirlash va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar bor” deb ta’kidlab o‘tganlar. Darhaqiqat, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyotini mustahkamlash bilan bir qatorda uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshiradi. G‘arb davlatlarida restoranlar xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Restoran sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling