5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Ovqatlantirish xizmati sanoati


Download 0.89 Mb.
bet4/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kurs ishi

Ovqatlantirish xizmati sanoati

Ovqatlanish har qanday insonning tabiiy ehtiyojidir. Ovqatlanish odatdagi oddiy va zaruriy ehtiyojdan tashqari yana ko`ngil ochish va mahalliy madaniyatning, xususan, gastronomiyaning muhim tarkibiy qismini anglash sifatida ham qaraladi. Milliy taom - xalq madaniyatining muhim qismi bo`lib, o`zida aniq ajralib turuvchi xususiyatlarni mujassamlantiradi va huzur - halovat olishning vositasi hisoblanadi.

Ovqatlantirish sanoati – iqtisodiyodiyotning ajralmas qismidir, usiz insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o’zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste‘mol qilishi kerak bo’ladi. Ammo insonlarda ko’p hollarda bunday imkoniyatlar yo’q, shuning uchun ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo’lishi umumiy ovqatlanishni rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham iqtisodiyotda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi.

Umumiy ovqatlanish tizimi turistik markaz yoki xududga tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi turli toifadagi rеstoranlar, barlar, kafе hamda oshxonalar, tеz ovqatlanish va o`ziga - o`zi xizmat qilish joylaridan tashkil topadi. Dunyo bo’yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko’p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma‘lum bir ko’rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko’rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo’lgan restoranlar ham mavjud bo’lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi.

Oziq-ovqat va xizmatlarni mijozlarga sotish va iste‘molchilarni talablarini qondirish shartlaridan biri bu o’z vaqtida mahsulotlarni sotish va barcha talab qilingan xizmatlarni qondirishdan iboratdir. Masalan: korxonada yoki mehmonxonalarda tez xizmat ko’rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, bularga buyurtma qilingan taomning stolga berilishi tezligi va mijozning o’zini-o’ziga xizmat qilishi kiradi.

Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya‘ni xodimlarni qaysi xizmat bilan shug’ullanishga bog’liq bo’ladi. Bularga ma‘muriy xizmat, ofitsiantlar, garderobdagilar va boshqalar shu xizmat ko’rsatuvchilar qatoriga kiradi. Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o’rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste‘molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir.

Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar3


Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi. 2009

Sotuvlar (mlrd dollarda)

Umumiy foizi

Ovqatlanish joylari

377,9

66,8

Barlar va tavernalar

17,1

3,0

Turar joylardagi ovqatlantirish xizmatlari

27,9

4,9

Bajariladigan xizmatlar

40,1

7,1

Boshqa tijoratlar

52,9

9,3

Ovqatlantirish xizmatiga egalik qiluvchi tashkilotlar

47,8

8,4

Harbiy

2,1

0,4

Umumiy

565,9

100 %

Pul mablag`lari va foiz ko`rsatkichlari Milliy restoranlar uyushmasi tomonidan 2009-yil anqilangan hisoblarga asoslangan.

Jadvalda segment orqali aniqlab o`tilgan bozorning nisbiy ulushlari yildan- yilga anchagina barqarorlashishga moyil. Barqaror bo`lib ko`rinishiga qaramasdan muhim rivojlanish jarayonlar joylari har bir guruh ichida yuzaga kelayapti.Aslida esa ushbu sanoat chigal o`zgarishlar markazida hisoblanadi.Garchi 2008 va 2009 yillar orasida ovqatlanish xizmati sotuvlari hajmi umumiy hisobda 2,5 % ga oshgan bo`lsada,ba‘zi bir sohalarda haqiqatan ham pasayish ro`y bergan.Ishchilar ovqatlanish xizmati segmenti sohasida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan va bu xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalarning ovqatlanish xizmatini kirish biznesining natijasidir.Shuning bilan birgalikda ovqatlanish xizmatini o`zlari boshqarishga soslangan o`rta ta‘lim maktablari,kollejlar va universitetlarda ham pasayish kuzatilgan. Ammo, 2015 – yilga kelib, oziq-ovqat va ichimlik savdosi umumiy savdoning 29.7% ni tashkil qilgan, 2016-yilda esa 29.5 5 ni tashkil qilgan.4



Taom har bir insonning shunchaki oddiy ehtiyoji bo`lib qolmay, balki turistlar tomonidan ko`ngil ochish va rohatlanish ham, - dеb qaraladi. Turli xalqlarning va hattoki joylarning taomi o`ziga xoslikka, ko`p hollarda o`ziga jalb etuvchi xususiyatiga ega. Bundan tashqari, ardoqli mеhmonni yaxshilab ziyofat qilish - barcha xalqlarga xos bo`lgan yoqimli an'anadir. Ko`pchilik turistlar uchun milliy taomlar tur dasturining juda qiziqarli elеmеnti hisoblanadi. Ovqat shinavandalari uchun maxsus turlar ham mavjud bo`lib, buning asosini muntazam ravishda turli xildagi milliy taomlar, rеstoranlarga borish, gastronomiya printsiplarini o`rganish va alohida maxsus taomlar tayyorlash, mahsulotlarni dеgustatsiya qilish, vino, pivo hamda kolbasa zavodlarini borib ko`rish va boshqalar tashkil etadi. Tig`iz ekskursion dasturlarning ayrim hollarida kunduzgi ovqat turistlarga quruq payok holida beriladi. Issiq mamlakatlarda turistlarga katta miqdordagi ichimlik suvi berish nazarda tutiladi.

Ovqatlantirishni tashkil etish tibbiy sohani ham hisobga olgan bo`lishi kerak. Noto`g`ri ovqatlanish, yomon (qoidalarga rioya qilmagan holda) tayyorlangan ovqat zaxarlanishga olib kеlishi mumkin. Ayniqsa, ko`chadagi mayda sotuvchilar qo`lidagi suv va ovqat, shuningdеk, sifatsiz rеstoranlardagi taomlar xavflidir.

Ayrim toifadagi turistlar ruhida diniy bеlgilar bo`yicha umum qabul qilingan chеklanishalar (cho`chqa go`shtini istе'mol qilmaslik, ro`za tutish), bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. Ovqatlanishga bo`lgan bunday talablarning o`ziga xosligini ovqatlanish korxonalarining ma`muriyati inobatga olishi kerak.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling