5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари
Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari
Download 0.89 Mb.
|
kurs ishi
Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari
Ovqatlanish sohasida bu faoliyatining xizmat ko’rsatish sifati va ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: beriladigan taom, dessertning issiq sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada tashkil etish; restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik va boshqa mahsulotlar turi bo’yicha mijozlarga mos kelishi; ovqatlanish jarayonida xizmat ko’rsatilayotgan shaxsga nisbatan xushmuomalada bo’lish, menyu-kartochkalaridan haridorning o’zi foydalanishi, haridorlar talab-ehtiyojlariga xushyor bo’lib turish lozim. Buyurtmachining buyrug’ini bajarilish tezligi va ovqatlanib bo’lgandan so’ng taom haqqini to’lash usulini qo’llash; taom iste‘mol qilinadigan vaqtda mijozlarga xizmat ko’rsatish, ofitsiantlarni vino va ichimliklarni ryumka va fujerlarga quyish, ular stoliga xizmat ko’rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart; zaldagi tozalik va shinamlikni ta‘minlash, madaniy inson didiga javob berishi, xizmat ko’rsatiladigan shaxslarga zallarda boshqa sharoitlar yaratishi zarur; shaxsiy gigiyena, tashqi ko’rinish restoran kategoriyalariga javob berishi kerak. Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o’rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste‘molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir. Ovqatlanish sanoatining bu qismi hamkorlar(shartnomachilar) va yetkazib beruvchilardan tashkil topgan bo`lib,ular ovqatlanish xizmatini ishlab chiqarish korxonalari,ofis binolari, sog`liqni saqlash joylari, sport arenalari hamda maktab va kollejlarda amalga oshiradilar.Shu bilan birgalikda bu tashkilotlar bu sohaga o`zlari egalik qiladi va boshqaradi. Bajarilgan xizmatlar (kontrakt tarafi) umumiy ovqatlanish sohasi(sanoati) sotuvlarning 7,1 % miqdorini tashkil qilgan holda o`zlarining sotuvdagi 8,4% ulushi bilan ta‘minlaydi.Qo`shimcha 1,9% sotuv mashinalarni sotish orqali amalga oshiriladi. Tashqarida ovqatlanishning 15 % dan ko`prog`ini tegishli(maxsus) joylarda ovqatlanish egallaydi. Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo’lganlarning tarkibida, davlat byudjetiga to’lanadigan soliqlarda, yangi ish o’rinlarini yaratish kabi eng muhim masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning davom etishi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2006-yilda e‘lon qilingan, «O’zbekiston Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish xizmat ko’rsatish sohasi, jumladan, umumiy ovqatlanish sohasini, uning faoliyati, turizm sohasidagi o’rni va ahamiyati bo’yicha tadqiqotlar olib borish, soha taraqqiyotining konseptual yo’nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, xizmat ko’rsatish sohasi rivoji xalqimiz farovonligining oshishiga bevosita ta‘sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko’ra tavsiflanadi va tasniflanadi. Umumiy ovqatlanish sohasi sub‘ektlarini quyidagi 10 ta belgiga ko’ra tasniflanishi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling