5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha Reja
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi
Download 289.25 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha
5.2.Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi.
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari metomorfik, magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslari nurashi natijasida hosil bo’lgan turli kattalikdagi zarrachalar yig’indisidan iborat. CHo’kindi tog’ jinslari zarralarining katta-kichikligiga va ularning bog’langan-bog’lanmaganligiga ko’ra; a) zarrachalari bog’lanmagan va b) zarrachalari bog’langan chaqiq cho’qindi tog’ jinslari guruhlariga bo’linadi. Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari. Bu guruhga yirik zarrachalarning diametri 0,05 mm va undan ham katta, ya’ni tarkibida valun (katta yumaloq tosh), xarsang tosh, shag’al, graviy, sheben, dresva (o’tkir qirrali mayda shag’al) va bir-biriga puxta hamda jips yopishgan tsementlangan har-xil o’lchamli shag’allardan iborat bo’lgan konglomeratlar, brekchiya, qumtoshlar va boshqalar kiradi. Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari zarralarining o’lchamiga ko’ra klassifikatsiyalanadi. 1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi tarkibida 50% dan ortig’ini tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi. Masalan, qumning tarkibida 1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa, u qum-yirik qum deb ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalari bog’lanmagan cho’kindi tog’ jinslari nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay ularning xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi siqilmaydi, shuning uchun inshootlarga poydevor hisoblanadi. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga gil, mergel (gil va kalьtsiy karbonat aralashmasi), supes, suglenok, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari kiradi. Gil deb mayda (diametri 0,002 mm kichik) zarrachalardan iborat va ko’p miqdorda suvni (3 dan 60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega bo’lgan tuproq mineral massalar to’plamiga aytiladi. Gil quriganda uning hajmi kamayib yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi, boshqa jinslarga nisbatan petrografik tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan iborat bo’lib, unga temirning tuzli okisdlari va boshqa minerallar aralashgan bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillar o’z tarkibiga qarab, plastik bo’lmaydi yoki yuqori darajada plastik bo’ladi. Gillarning kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa gillar bo’ladi. Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi. Download 289.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling