5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha Reja
Organik va aralash cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi
Download 289.25 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha
5.4. Organik va aralash cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi.
Tirik organizmlarning chirishi va cho’kindiga tushishi natijasida hosil bo’lgan tog’ jinslari organogen tog’ jinslari deyiladi va ikki guruhga bo’linadi: 1. Zaogen tog’ jinslari- bu tog’ jinslari hayvon qoldiqlarini chirishidan hosil bo’ladi. 2. Fitogen tog’ jinslari –o’simliklarning chirishi natijasida hosil bo’ladi. Zaogen tog’ jinslariga chig’anoqli ohaktosh (izvestnyak), suyak qoldiqlari, bo’r, marjon ohaktoshi va boshqalar kiradi. Fitogen tog’ jinslariga trepel, torf, qo’mir, neft kiradi. CHiganoqli ohaktosh O’zbekiston xududida keng tarqalgan bo’lib, chig’anoqlarni oddiy ko’z bilan kuzatish mumkin. Ular uchun eng xarakterli kimyoviy jarayon ularning xlorid kislota ta’sirida qaynashidir. Fitogen ohaktosh dengiz o’tlaridan hosil bo’ladi. Bo’r –ohaktosh bilan bir xil kimyoviy tarkibga ega bo’lib, baliqlar qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Suv ta’sirida u yumshaydi. Dolomit –fitogen tog’ jinsi bo’lib, oq, sarg’ish rangli yumaloq g’ovakli tog’ jinsi, qo’l bilan ushlaganda izi qoladi. Opoka, trepel –30% tog’ jinsi ham o’simlik ham hayvonot (fauna) qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Opoka engil, mo’rt, g’ovakli tog’ jinsi hisoblanib, bolg’a bilan urganda qirrali bo’lakchalarga ajraladi. Torf –o’simlik qoldiqlaridan hosil bo’lib, bosim ostida siqiladi, siqilish jarayoni juda sekin va davomli bo’ladi. Ko’mir –o’simliklarning siqilishi va chirishi natijasida torf, ko’mir hosil bo’ladi. Ko’mirlar orasida ularning strukturasi va uch uglerodli (C) ning miqdoriga qarab, qo’ng’ir ko’mir (69%, C), asl tosh ko’mir (82% C) va antratsit (95% C) larga ajratiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan jinslar boshlang’ich materiallarning quyidagi sxemaga muvofiq uglerod bilan to’yinishining bir qancha bosqichlarini tashkil etadi: yog’och, torf, qo’ng’ir ko’mir, toshko’mir. Yog’ochda 50% S, antratsitda 95% C bo’ladi. Aralash cho’kindi tog’ jinslari. Organogen tog’ jinslari bilan bir qatorda yer yuzasida aralash tog’ jinslari ham ko’p uchraydi. Kelib chiqish bo’yicha aralash tog’ jinslari bir necha xil kimyoviy, organik chaqiq tog’ jinslari aralashmasidan iborat bo’ladi. Mergelning tarkibida kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan CaCO 3 , organizm qoldiqlari va gil zarrachalari mavjud. Mergelning rangi juda xilma-xil, ko’p hollarda namlanganda yumshaydi. Umuman olganda organogen va aralash yo’l bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari, injener geologik nuqtai nazaridan ancha mustaham tog’ jinslari hisoblanadi va qurilishda juda keng ishlatiladi. Masalan, gilli ohaktoshlar yo’l qurilishida, oyna ishlab chiqarishda, ruda boyitish sohasida ishlatiladi. Mergel qishloq xyjaligida nam, zax yerlarni quritishda, mineral o’git sifatida ishlatiladi. Bu tog’ jinslarining ko’pchiligi nurash, emirilish jarayoniga chidamli mustaxkam qoya tog’ jinslari hisoblanadi, ko’p hollarda o’zidan suv o’tkazmaydi, suv tog’ jinslarining yoriqliklarida harakat qilishi mumkin. O’tkazilgan qidiruv ishlari shuni ko’rsatadiki, bu tog’ jinslari 50- 150 MPa yuk ko’tarish qobiliyatiga ega. Download 289.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling