5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha Reja
Kimyoviy cho’kindi jinslar va qurilishda ishlatilishi
Download 289.25 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Cho‘kindi tog‘ jinslari haqida umumiy tushuncha
5.3.Kimyoviy cho’kindi jinslar va qurilishda ishlatilishi.
Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan cho’kindi jinslarning ko’pchilik qismi kontinental sharoitda, suv havzalaridan suvning parlanishi, suvda tuz kontsentratsiyasining oshishi natijasida kimyoviy cho’kindi sifatida cho’kishdan hosil bo’ladi. Quruqlikda kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari cho’kindilar mineralizatsiyasi katta bo’lgan buloqlar oldida tarqalgan bo’ladi. Bunday cho’kindi tog’ jinslariga ba’zi ohaktoshlar (oolitli ohaktosh) dolomit, angidrit, gips, osh tuzi misol bo’ladi. Ularning asosiy xususiyatlaridan biri suvda yaxshi erishidir. Ba’zi tog’ jinslarining suvda kam erishiga qaramay, ularda kavernalar, g’orliklar paydo bo’ladi. Bunday g’orliklarga Uraldagi Qungurskiy g’ori misol bo’la oladi. Uning uzunligi bir necha kilometrni tashkil etadi. Ohaktosh deb asosiy tarkibini kalьtsit minerali tashkil etuvchi tog’ jinsi tushuniladi. Kalьtsitdan tashqari ohaktoshlarda har xil organik va mexanik aralashmalar bo’lishi mumkin. Ohaktosh kontinental sharoitda, buloq yon atroflarida tarqalgan bo’ladi. Yer osti suvlari gazga boy bo’ladi, bu suvlar yer yuzasiga chiqqanda, undan bu gazlar intensiv ravishda ajralib chiqadi va kalьtsit cho’kindiga tushadi. Bu yotqiziqlar katta mustaxkamlikka ega bo’ladi. Zichligi 1,9-2,0 g/sm 3 , mustaxkamligi 60-100 MPa gacha. Ohaktosh xalq xo’jaligida keng foydalaniladi. U yaxlitligi, zichligi, undagi minerallarning tiniqligiga qarab pardozlash ishlarida, ohak va tsement tayyorlashda, kimyoviy sanoatda keng miqiyosda ishlatiladi. O’zbekiston xududida ohaktosh konlari juda keng tarqalgan: Masalan, Navoiy, Karaxtoy, Qo’ng’irot, Kosonsoy, Oqtosh, Zarafshon va boshqalar. Dolomit –ohaktosh jins bo’lib, shu nomli minerallardan [CaMg(CO 3 )] 2 tuzilgan. Rangi kulrang, oq yoki qizg’ish. Dolomit donador kristallangan strukturali ko’rinishga ega, zichligi 2,7-2,9 g/sm 3 , mustaxkamligi 100-140 MPa. Respublikamizda juda keng tarqalgan bo’lib, qurilish xom ashyosi sifatida keng ishlatiladi. Sulьfat tog’ jinslari. Angidrit, gips shu nomga ega bo’lgan minerallardan tashkil topgan bo’ladi, bu tog’ jinslarining rangi oq, sarg’ish, kulrang bo’lib, donador shishasimon tuzilishga ega bo’ladi. Suv ta’sirida 1,0 MPa dan kichik bosimda angidrit o’z hajmini 35% ga oshirib gipsga aylanishi mumkin. Yana katta bosim ta’sirida oldingi holiga, angidritga aylanishi mumkin. SHuning uchun bu tog’ jinslari tarqalgan joylarda ustki qismida gips ostida esa angidrit yotadi. Bunday tog’ jinslari Jizzax va Farg’ona vodiylarida keng tarqalgan. Qurilish materiali sifatida keng ishlatiladi. Ular O’bekiston xududida Xojaqo’l, Quvasoy, Qo’ng’irot, SHarg’un kabi konlardan qazib olinadi. Osh tuzi - qatlamlar holida sho’r ko’llar va dengiz qo’ltiqlaridagi yotqiziqlar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo’lish sharoitiga va tarkibidagi turli aralishmalarga qarab oq, sariq, qizil, havorang bo’ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit mineralidan tashkil topgan. Osh tuzi konlari O’zbekiston xududi Qashqadaryo viloyati, SHaxrisabz tumanida uchraydi. Download 289.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling