Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi: - • fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha);
- • ijtimoiy ta’minot;
- • mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
- • sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
- • davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
- • davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
- • iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash;
- • yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- • qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
- • gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
- • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
5.3. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tushunchalari va ularning tarkibi
Byudjet daromadlari – bu davlat byudjet tizimning byudjetlariga qonun hujjatlarida belgilangan beg‘arazlik va qaytarib bermaslik tartibida kelib tushadigan pul mablag‘lari. Byudjet daromadlari soliq va soliqsiz daromadlardan iborat, shuningdek ularga beg‘araz pul o‘tkazmalari ham kiradi.
Soliq – bu (davlat / mahalliy) byudjetga majburiy badal bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5.6-rasm. Soliqlarning tasnifiy belgilari va tasniflanishi. - 5.6-rasm. Soliqlarning tasnifiy belgilari va tasniflanishi.
Soliqlarning tasnifiy belgilari va tasniflanishi
Xokimyat organlari darajasiga ko‘ra (davlat, mahalliy soliqlar va yig‘imlar/federal, federatsiya subyektlari va mahlliy soliqlarva yig‘imlar);
Zimmaga yuklanishiga ko‘ra (to‘g‘ri va egri soliqlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |