5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari


Download 75.51 Kb.
bet2/12
Sana09.01.2022
Hajmi75.51 Kb.
#266916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning

Ergonomika–mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha “ish va qonun” degan so‘zlardan kelib chiqqandir.

Ergonomika so‘zini birinchi bo‘lib, 1875- yili o‘zining “Ergonomika jihatlari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan.

Yangi ilmiy fanni yaratish g‘oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari

V.M. Bexterev va V.N.Myasnitsevlar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan.

1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta’riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson injeneriyasi, muxandislik psixologiyasi, inson-mashina tizimida ishlash, inson omillari kabi tushunchalar.

Ergonomika texnika rivojlanishining ma’lum etapi (bosqichi)da paydo bo‘lgan bo‘ lib, ishlab chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart- sharoitdir. Yangi jihoz va unga to‘g‘ri kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo‘ladigan ko‘pchilik savollarni faqat sog’lom fikr asosida yechish mumkin bo‘lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi.

Ayrim yangi mashinalar namunasini sinash va foydalanish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida konstruktor va muhandislarimiz shunga ishonadilarki, inson organizmisiz mashinalarga bo‘lgan ilmiy asoslangan talablarga balki eng takomillashgan texnik yechimlar ham yetarli darajada samara bermaydi. Bu shunday bir tushunchaki, mashinalarning konstruksiyasi insonning funksional ehtiyojlariga mos kelmasligidir.

Demak, ergonomika “Inson-mashina-ishlab chiqarish–muhit” tizimini o‘rganadi.

Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o‘lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya’ni mehnat jarayonlarini me’yorlash (optimallashtirish) va barcha ko‘ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir.

Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo‘lishimiz mumkin:



  1. Psixomantiqiy yuklanishni kamaytirish:

  • nazorat tizimlarini avtomatlashtirish;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish;

  • ish xavfsizligini ta’minlash;

  • jihozlar ishining ishonchliligini ta’minlash;

  • me’yoriy darajagacha ma’lumotlar hajmini kamaytirish;

  • sozlash va nazoratning qulay tizimlarini tashkil qilish;

  • nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtirish.

  1. Shinam ishchi muhitini ta’ minlash:

  • ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash.

  1. Ishning qulayligini ta’minlash- bunda qulay bo‘lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus

kiyimlarni yaratish va ishlatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash

kiradi.


  1. Ishlab chiqarishni qulay tashkil qilish:

  • jihozlarni qulay joylashtirish;

  • ishchi zonani to‘g‘ri tashkil qilish;

  • tashish va ortish ishlarini kamaytirish;

  • ishlash va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish;

  • maishiy xizmat qilishni to‘g‘ri tashkil qilish.

  • Kadrlar bilan ishlash: bunga kasbiy tanlash, yo‘riqnomalar o‘tkazish, tajriba almashish,

kasbiy o‘qitish va malaka oshirish kiradi.

  1. Fiziomantiqiy yuklanishni kamaytirish:

  • shinam havo iqlimini va yorug‘ligini yaratish;

  • shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;

  • ish jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish;

  • ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish;

  • ishchi zonani to‘g‘ri ta’minlash;

  • qulay harakatlanishni tanlash;

  • boshqarish qismlarini to‘g‘ri tanlash va joylashtirish;

  • boshqarishni markazlashtirish.


Download 75.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling