5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV
Download 75.51 Kb.
|
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning
Ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnomantiqiy jarayonni bevosita o‘zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi.
Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishiga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo‘linadi. MAEVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtalar, yorituvchi cho‘g‘lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o‘lchov asboblari, har xil ko‘rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi. Ular o‘z prinsipiga ko‘ra quyidagi “ha-yo’q” degan ma’lumotni berishi mumkin (ya’ni mashina ishlayapti yoki yo‘q; birorta o‘lcham me’yorida yoki yo‘q), ba’zan o‘lchamning sonli o‘zgarishini ko‘rsatadi. Tovush signallari avariya (800–5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90– 100 dB oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200–80 Gs, 80–90 dB) va xabar beruvchi (200–400 Gs, 30–80 dB) signallarni berish uchun ishlatiladi (“2.6. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash” ga qarang). Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig‘idagi interval kamida 0,2 sekundgacha bo‘ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan kamida 10–16 dB ga baland bo‘lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo‘lishi kerak. Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini qulay tashkil qilishning umumiy prinsiplarini, ularda asosiy va qo‘shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masalalar turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo‘yalishi) psixomantiqiy, fizomantiqiy - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi. Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash chizig‘iga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo‘l yetadigan bo‘lishi lozim. Pultning umumiy balandligi pol sathidan ko‘pi bilan 120 sm balandlikda bo‘lishi kerak. Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o‘lchamdagi tekislik ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va harakatlanishiga balandligi – 63 sm, kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo‘lgan bo‘shliq ko‘zda tutiladi. Pultda harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi. Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos bo‘lgan ruxsatetilgan me’yoriy yuklanishlar uning antropometrik tavsiflariga binoan boshqarishni amalga oshirishda zarur aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta’minlashi lozim. Boshqarish qismlari qo‘l va oyoq orqali bajariladigan qilib ishlanadi. Qo‘l bilan boshqarish ancha aniq bolib, oyoq orqali boshqarishga nisbatan ustun turadi. Boshqarish qismlari ko‘p bo‘lganda yoki ularni katta kuch bilari ishlatganda, qo‘llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qollaniladi. Boshqarish qismlarining yurituvchi elementlari shakli va o‘lchamlari qo‘l bilan ushlaganda, ishonchli va qulay bolishi, ularning materiallari zararsiz hamda zarur holatlarda issiqlik, elektr o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Qo‘l bilan boshqarish qismlari shunday joylashish kerakki, bundaoperator qo‘llari 90-135° burchakka bukilgan holda ularni bemalolsiljita olsin. Boshqarish pedallari operator gavdasining ko‘ndalang o‘qiga yaqin joylashtiriladi (100mm dan katta bo‘lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200-400 mm bo‘lishi hamda qulay qilib yasalgan bo‘lishi kerak. Boshqarish qismlari qo‘l yoki oyoq og‘irligi ostida tasodifan qo‘shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo‘lishi kerak. Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch haddan tashqari ko‘p yoki kam bo‘lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy toliqishiga yoki harakat aniqligining yo‘qolishiga olib keladi. Qo‘lda ko‘p ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak. 2-jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo‘yiladigan optimal kuch qiymatlari keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma’lumotlarni aks ettiruvchi vositalar bir xil seziladigan va tez topiladigan joyda o‘rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bir xil olcham, shakl va ranglarda ishlanishi lozim. Boshqarish organlariga qo‘yiladigan kuch kattaligi 2 -jadval
Download 75.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling