5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Download 75.51 Kb.
|
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gomeostaz
Fiziomantiqiy adaptatsiya– tashqi muhit sharoitlariga mosravishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tarkibini o‘zgartirishva organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Adaptatsion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor: Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog‘liq salbiy kechinmalar. Kasbga tayyorgarlikning yetarlicha emasligi. O‘z harakatlarini psixomantiqiy boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat. Yangi sharoitda o‘qish va dam olishni optimal rejimini izlash. O‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o‘tish) Mustaqil yashash va ishlash ko‘nikmalarining yo‘qligi. Funksional sistema o‘z ichiga tirik datchik bo‘lib hisoblanadigan retseptor tuzilmalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga markaziy apparat, ya’ni miya strukturalari kiradi. Bu strukturalar tashqaridan kelayotgan signallarni qabul qiladi, analiz va sintez qilib, kutilayotgan natijani programmalashtirib beradi. Shuningdek, funksional sistemaning ijro etuvchi zanjiri – periferik organlar ham bo‘lib, bular kelayotgan buyruqlarni amalga oshiradilar. Bundan tashqari afferentatsiya – qayta aloqa hamma vjud bo‘lib, markazni ijro etuvchi mexanizmlar faoliyati va oxirgi natija haqida xabar beradi. Oxir-oqibatda turli funksional sistemalar birlashib, silliq ishlovchi organizmni hosil qiladi. Bunda organizm uchun zarur bo‘lgan u yoki bu funksional sistemaning ustuvorligini ko‘rish mumkin. Gomeostaz – bu odam organizmining ba’zi fiziomantiqiy funksiyalari va ichki muhitning nisbiy doimiyligidir. Gomeostaz nafas a’zolari, qon aylanishi tizimi, ovqat hazm qilish va ayirish a’zolarining uzluksiz faoliyati tufayli ta’minlanadi. Faol adaptatsiyaning biologik ma’nosi o‘zgargan tashqi muhit sharoitlarida gomeostazni ushlab turishga asoslangan. Odam organizmi uchun xavf soluvchi tashqi qo‘zg‘atuvchilar – tashqi muhit faktorlari: harorat, namlik, havoning, suvning, ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, shovqin, psixogen omillar va boshqalar. Gomeostazning asosiy ko‘rsatkichlari (tanaharorati, qonning va to‘qima suyuqligining osmotik bosimi va boshqalar) o‘z-o‘zini boshqaruvining murakkab mexanizmlari orqali bir meyorda turadi. Bunday mexanizmlar nerv, endokrin va sensor sistemalarini o‘zichiga oladi. Download 75.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling