5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari


Download 75.51 Kb.
bet11/12
Sana09.01.2022
Hajmi75.51 Kb.
#266916
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning

Xoleriklar: kuchli, o‘ta qo‘zg‘aluvchan, beqaror. Bunday toifadagi kishilar g‘ayratli, tezta’sirlanuvchan va jizzaki bo‘ladilar.

  • Melanxoliklar: bo‘shang tip. Bu tipga g‘ayratsiz, hayotdan doim nolib yuradigan, hafsalasiz kishilar kiradi.

    Odamlar asab sistemasining turlari har xil bo‘lganligi tufayli ulardan bir xil xulqni, atrofdagilarga, buyumlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishni talabqilib bo‘lmaydi. Bu bolalarning charchash darajasiga, normal Ish qobiliyatining tiklanish vaqtiga ham bog‘liq.

    Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.

    Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko‘tarilish, mehnat natijalarining pasayishiga, ba’zan ishchanlikning to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi.

    Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.

    Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning har xil qiyofada namoyon bo‘lishiga olib keladi, birinchi navbatda insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllarida harakat koordinasiyasi va chaqqonligi yo‘qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy holatlar paydo boladi. Ishchilarning xatti-harakatini to‘g‘ri tashkil qilishda, ish xavfsizligi tajribasini ishlab chiqarishda, yaxshi psixomantiqiy sharoitlarni yaratishda katta rol (ahamiyat) mehnat psixofiziologiyasi va alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasiga tegishlidir.

    Mehnat jadvalining (kundalik va haftalik) to‘g‘ri tuzilishi charchoqning oldini olishda ta’sirchan vositadir. Inson tanasidagi biologik faollik sutka davomida taxminan M harfi shaklida kuchayib va susayib turadi. Kechasi sustlashgan biologik faollik tonggi soat 04:00 lardan boshlab ko‘tarila boshlaydi va ertalabki 07:00-08:00 larda eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Bu holat soat 10:00-11:00 largacha saqlanadi, soat 12:00-14:00 gacha faollik susayib, soat 16:00-17:00 lardan u yana ko‘tarila boshlaydi va soat 20:00-21:00 largacha davom etadi. Soat 21:00 larda biologik faollik ancha usayib, soat 23:00 larda eng past darajada bo‘ladi va tonggi soat 04:00 gacha davom etadi. Shuning uchun kuchli aqliy mehnatni talab etadigan fanlarni dastlabki soatlarga qo‘yish kerak.

    Ish qobiliyati kun mobaynidagina emas, hafta davomida ham o‘zgarib turadi. Hafta mobaynida ish qobiliyatini kuzatish, uning har xil bo‘lishini ko‘rsatdi. Shanba va yakshanba kunlaridagi dam olishlar hisobiga dushanba kuni organizmni ish sharoitiga moslashishi qiyinroq bo‘ladi. Haftaning chorshanba va payshanba kunlari ishchanlik eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Juma kunidan ishchanlik yana asta-sekin pasaya boshlaydi. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan.

    Shuning uchun bu masalalarga to‘liq to‘xtalib o‘tamiz.

    Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror ko‘taruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha ko‘taruvchi omillar.

    Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi: insonning asab tizimida yoki boshqa a’zolarida doimiy funksional o‘zgarishlar, kasallik fe’li yoki shunga yaqin holatga ega bo‘lganda. Bularning ichida bir qator qattiq patomantiqiyo‘zgarishlar ajratiladi, vaholanki bular ish qobiliyatining to‘la yo‘qolishiga olib kelmasada, xulq-atvorga ta’sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi.

    Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi. Asab tizimi oliy bo‘limlari harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o‘rtasidagi aloqalarning buzilishi. Shunday o‘zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez fahmlashga loyiq emas, ya’ni ko‘pchilik baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishida funksional buzilishlar bosh rol o‘ynaydi.


    Download 75.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling