5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari


Download 75.51 Kb.
bet5/12
Sana09.01.2022
Hajmi75.51 Kb.
#266916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning

Ma’lumot jihatining maqsadi– mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu ma’umotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo‘riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta’minlanadi.

Biofizik jihatida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziomantiqiy holat va zarur ish qobiliyati ta’minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug‘lik va havo muhitining ko‘rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo‘ladi.

Energetik jihatidan mohiyati–mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko‘riladi. Bunda operator tomonidan qo‘yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.

Fazoviy-antropometrik jihatlari– ish jarayonida odam tanasining o‘lchamlarini, tashqi fazoning ko‘rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo‘lgan masofasi va boshqalar aniqlanadi.

Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari– mehnat jarayonida insonning mashina bilan muloqotda bo‘lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta’minlanishini ko‘rsatadi.

Download 75.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling