5-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Insonning faoliyatga adaptatsiya jarayonlari
Download 75.51 Kb.
|
Mavzu 5. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning
2.Insonning faoliyatga adaptatsiya jarayonlariOdamtug‘ilganidanboshlab,o‘zi uchun umuman yangi sharoitlarga duch keladi va o‘zining hamma a’zo va tizimlarini shu sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik, individual taraqqiyot davomida odam organizmiga ta’sir etuvchi faktorlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu esa doimiy funksionalo‘zgarishlarnitalabqiladi. Adaptatsiya yoki moslashuvchanlik tushunchasi deganda moslashuvchanlik faoliyatining tug‘ma vaorttirilgan turlari tushuniladi. Bu esa hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz beradigan aniq fiziomantiqiy reaksiyalar tomonidan ta’minlab beriladi. Himoya- moslashuvchanlik reaksiyalari reflektor va gumoral yo‘llar bilan boshqariladi, bunda asosiy o‘rin oliy nerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko‘p foydali moslashuvchanlik xususiyatlari bo‘lib ular: Ichki muhit ko‘rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, harorat, qon bosimining darajasi); Odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi axloqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik, jinsiy va boshqalar), Insonning jamiyatdagi tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalari: umumiy va shaxsiy. Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko‘pincha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Aholi salomatligi holati asosiy va sistemalardagi o‘zgarishlar va funksional xolatlarning, shuningdek, aholi jismoniy rivojining ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Ayrim organlarning funksional xolatini va ayniqsa, insonning ish qobiliyatini baholashda meyoriy kattaliklargagina emas, shu bilan birga funksiyalarining maqbulligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga ham amal qilish kerak. O‘sib kelayotgan organizmning ham biologik, ham ijtimoiy funksiyalari qanday rivojlanayotganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar mavjud. Odam organizmini o‘zi-o‘zini boshqarish jarayoni issikliq bo‘lib, “oltin qonunga bo‘ysunadi” – ma’lum bir faktorning hayotiy zarur darajadan chetga chiqish, ma’lum bir funksional sistemaning son-sanoqsiz apparatlarini zudlik bilan qayta tiklanishiga olib keladi. Bu esa hayotiy zarur moslashuvchanlik darajasini yangidan tiklanishiga sabab bo‘ladi. Butun organizmning ishi ko‘pgina funksional sistemalarning birgalikda bajaradigan ishiga asoslangan. Organizmning himoyalanish reaksiyalaridan biri – og‘riqdir. Retseptorlarga zararlovchi ta’sir etganda og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqda to‘qima va organlarda biologik faol moddalar ajralishi kuchayadi, masalan, qonda buyrak usti bezlari gormoni – adrenalin miqdori ortadi. Haroratning ko‘tarilishi – isitmalash organizmning himoyalanish – moslanish reaksiyalaridan biri. Harorat yuqori bo‘lganda ayrim mikroorganizmlar, ayniqsa viruslar ancha tez nobud bo‘ladi, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini oshiradi. Lekin tana haroratining 400S dan oshib ketishi aksincha organizmni nobud qilishi mumkin. Insonni faoliyat jaroniniga adaptatsiya bo‘lishining quyidagi turlari bor: Download 75.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling