5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


-rasm. Raqobatli ustunlik tushunchasi


Download 258.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana26.10.2023
Hajmi258.38 Kb.
#1724787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5 mavzu SM

5.1-rasm. Raqobatli ustunlik tushunchasi
Quyidagi ikki savoldan foydalangan holda raqobatli ustunlikni aniqlash
mumkin bo'lgan ikki jihati ko'rsatilgan
Bozor kuchi: bozor tomonidan qabul qilinadigan maksimal sotish narxi
imtiyozli raqobatchining narxiga qanday nisbatda?
Unumdorlik: mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlar imtiyozli
raqobatchidan ko'p yoki kammi?
5.1-rasmdagi gorizontal o'q bozor qabul qiladigan maksimal narxga, vertikal
o'q esa ishlab chiqarish xarajatlariga mos keladi.
Bu ikki kattalik imtiyozli raqobatchidagi shu kattaliklarga nisbatan foiz
104


hisobida keltirilgan.
-chapdagi yuqori va o'ngdagi quyi kvadratlar mos ravishda eng yomon va eng
yaxshi vaziyatlarga to'g'ri keladi;
-chapdagi quyi kvadrat xarajatlar bo'yicha peshqadamlikni anglatadi;
-o'ngdagi yuqori kvadrat differensiasiya strategiyasiga mos keladi;
-bissektrisa qulay va noqulay hududlarni ajratib turadi.
Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar chiqarish va
ustuvor maqsadlarni belgilash uchun firmaga shu o'qlarda joylashishga imkon
berishdan iboratdir. «Bozor kuchi» o'qidagi o'rinni tanlash uchun avvalgi boblarda
ko'rib chiqilgan markaning imijini tadqiq qilishda olingan ma'lumotlardan
foydalanish kerak. Bu tadqiqotlar bozor qabul qiladigan qiymatni o'lchash va narx
bo'yicha egiluvchanlikni baholashga imkon beradi. «Unumdorlik»ni tahlil qilishda
tajriba egri chizig'idan kelib chiqish yoki «bozorni razvedka qilish» xizmati
ma'lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar ustidan kuzatuv
o'rnatish vazifasini bajaradi.
5.2. Raqobatning kengaytirilgan konsepsiyasi
Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat
konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli ustunlikdan
foydalana olish qobiliyati faqatgina o'zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas,
balki shu bozordagi potensial raqobatchilar, o'rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib
beruvchilar kabi kuchlarning ta'siriga ham bog'liqdir. Potensial raqobatchilar va
o'rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg'otsa, mijozlar va etkazib
beruvchilar o'zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (5.2-rasmga
qarang). Mana shu kuchlarning o'zaro ta'siri oxir-oqibatda tovar bozorining
rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar
turli bozorlarda turlicha bo'lishi mumkin.

Download 258.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling