5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi


Download 258.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana26.10.2023
Hajmi258.38 Kb.
#1724787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5 mavzu SM

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta
bo'lgan potensial raqobatchilar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo'lib, firma bu xatarni
105


kamaytirishga urinishi, undan o'zini himoya qilishi, kirish to'siqlarini vujudga
keltirishi lozim.
Potensial
raqiblar
Yetkazib be-
ruvchilarning
savdolashish
qobiliyati
Ta'minotchilar
Yangi raqiblarning kirib
kelish xavfi
Sektordagi rakiblar
Mijozlar
Ishlayotgan firmalar
o`rtasidagi raqobat
O`rinbosar tovarlar
xavfi
O`rinbosarlar
Mijozlarning
savdolashish
qobiliyati
5.2-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.
Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to'siqlarining balandligiga va
potensial raqobatchiga qaratilgan reaksiya kuchiga bog'liqdir. Kirish to'siqlari
quyidagicha bo'lishi mumkin:
-miqyosdan tejash, ya'ni kirib kelayotgan firmani keng ko'lamli ishlab
chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo'yicha zarar ko'rish
xavfini vujudga keltirish;
- patentlar beradigan huquqiy himoya;
-xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e'tibor bermaslikka undaydigan
marka imijining kuchi;
-faqat ishlab chiqarishni o'zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash
uchun zarur bo'lgan kapitalga bo'lgan ehtiyojlar;
-xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning
tovariga o'tishda talab qilinadigan haqqoniy yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan
o'tish xarajatlari;
-sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvchilar yangi tovarlarni olishda juda
ehtiyotkor bo'lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish
106


kanalini tashkil qilishga majbur bo'ladi;
-bozorda mustahkam mavqe egallagan firma ega bo'lgan tajriba samarasi va
xarajatlar bo'yicha ustunlik ayniqsa qo'l mehnati ulushi katta bo'lgan sohada muhim
ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Download 258.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling