5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


Download 258.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana26.10.2023
Hajmi258.38 Kb.
#1724787
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5 mavzu SM



5-Mavzu. FIRMANING RAQOBATBARDOSHLIGI TAHLILI
5.1. Raqobatli ustunlik tushunchasi
Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o'zining bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma'lum bir ustunlik beradigan ta'rif va xususiyatlaridir. Bu
tavsiflar g'oyatda xilma-xil bo'lishi va tovarning o'ziga, asosiy va qo'shimcha
xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo'lishi hamda firma
yoki tovarga xos bo'lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo'ladi va tovar
bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo'lgan raqobatchiga
nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi.Umuman
olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklaridan kelib
chiqqan holda ikki toifaga ajratish mumkin.
Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo'lsa,
u "tashqi" ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki
samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun muhim bo'ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning "bozor salohiyatini" oshiradi,
ya'ni u bozorni imtiyozli raqobatchiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul
qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi
sifatlarni taklif eta olmaydi.
Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiasiya
strategiyasi bo'lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning
mavjud tovarlardan norozi bo'lgan
xaridorlarning
istaklarini aniqlash va
qondirishdagi ustunligiga tayanadi.
Agar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani
boshqarishdagi ustunligiga yoki raqobatchidan ko'ra kamroq tannarxga erishishga
imkon beruvchi va "ishlab chiqaruvchi uchun qiymat" hosil qiluvchi tovarga
asoslangan bo'lsa, bunday ustunlik "ichki ustunlik" deb ataladi.
Ichki raqobatli ustunlik - firmaga ko'proq rentabellik keltiruvchi va uni sotish
103


narxlarini bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko'proq darajada chidamli
qiluvchi yuqoriroq "unumdorlik" oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka asoslangan
strategiya xarajatlar bo'yicha ustunlik strategiyasi bo'lib, u asosan firmaning tashkiliy
va ishlab chiqarish «nou-xau»siga asoslanadi.
Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo'lgan bu ikki turi
ko'pincha bir-biriga to'g'ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko'nikma va
madaniyatni talab qiladi.
5.1.-rasmda raqobatli ustunlikning ko'rinishi ifodalangan.
Xalokatli
vaziyat
Tannarx (EXR ga
nisbatan % da)
Maksimal maqbul sotish narxi
(EXR ga nisbatan % da)
Id?al
zona
EXR - eng xavfli raqobatchi

Download 258.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling