5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


Download 258.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana26.10.2023
Hajmi258.38 Kb.
#1724787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
5 mavzu SM

Monopolistik raqobat. Monopolistik raqobat sof raqobat bilan monopoliya
o'rtasidagi holat bo'lib, u differensiasiya strategiyasi tashqi raqobatli ustunlikka
asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, raqobatchilar juda ko'p bo'lib, ularning tovarlari
differensiyalangan, ya'ni xaridorlar nuqtai nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga
egadir.
Muvaffaqiyatli differensiasiya shartlari. Differensiasiya strategiyasini
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
-har qanday differensiasiya xaridor uchun «qiymat»ga ega bo'lishi kerak;
-ushbu qiymat foydalanish samarasini oshirishga (kuchli qoniqish) yoki
iste'mol xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo'lishi lozim;
-ushbu qiymat shu darajada yuqori bo'lishi kerakki, xaridor uning uchun
yuqori narxni to'lashga rozi bo'lishi kerak;
-firma o'zining differensiasiya elementini raqiblar undan darhol nusxa
ko'chirib olmasligi uchun himoya qila olishi kerak;
112


-xaridorga maqbul bo'lgan narxning ko'tarilishi firma differensiasiya
elementini ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlarning ortishidan ko'proq bo'lishi
kerak;
-nihoyat, agar differensiasiya
elementi sezilarsiz bo'lsa va bozor uni tan
olmagan bo'lsa, firma uni ommalashtirish uchun signallarni vujudga keltirishi kerak.
Xaridorlarni doimiy mijozlarga aylantiruvchi va ularning narxga sezgirligini
kamaytiruvchi differensiasiya firmaning bozordagi mavqeini ma'lum darajada
kuchaytiradi. Ayni paytda mijozning savdolashish imkoniyati ham qisman bartaraf
qilinadi. Shuningdek, differensiasiya firmani raqiblarning hujumlaridan ham
himoyalaydi,
chunki differensiasiya
elementining
mavjudligi tovarlarning
almashuvchanligini kamaytiradi. Monopolist firma raqiblarning xatti-harakatlariga
bog'liq bo'lmaydi, balki mustaqil ish tutadi. Bundan tashqari, differensiasiya
o'rinbosar tovarlarga
firmaning etkazib
beruvchilar va
nisbatan mavqeini
mustahkamlaydi. Strategik marketing aynan mana shunday raqobatli vaziyatlarni
vujudga keltirishga intiladi.
Monopoliya. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik
qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko'rsatadi. Natijada uning tovari qisqa
muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo'lmaydi. Bu - novatorning

Download 258.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling