5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


Xarajatlar bo'yicha ustunlik


Download 258,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana26.10.2023
Hajmi258,38 Kb.
#1724787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5 mavzu SM

5.4.Xarajatlar bo'yicha ustunlik
Raqobatli ustunlikka erishishning yo'llaridan biri - tovarni muvaffaqiyatli
differensiasiyalash bo'lsa, ikkinchi yo'l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni
to'g'ri boshqarish vositasida xarajatlar bo'yicha ustunlikka erishishdir. Xarajatlarni
kamaytirishning bir necha yo'llari bor bo'lib, ulardan biri shuki, qo'l mehnatidan
ko'p foydalaniladigan sohalarda, ya'ni qo'shilgan qiymat jami xarajatlarning katta
qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo'yicha tajriba oshgan
sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning
kamayishiga ishchilarning o'z ish usullarini tinimsiz takomillashtirib borishi,
firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o'zlashtirishi, tovar konsepsiyasini
takomillashtirishi sabab bo'ladi.
Bunday «o'rganish jarayoni»ning mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston
konsalting guruhi tomonidan aniqlangan edi. 60-yillarning oxirida BKG turli xil
115


tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba
qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan
strategiyalarga katta ta'sir ko'rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda
o'rganadigan
shakllantiradi.
Tajriba qonunining ta'rifi. Tajriba qonunining strategik ahamiyati shundaki,
masalalarni
- mehnat
unumdorligini
oshirish
muammosini
u firmaning o'z tovarlariga emas, balki raqobatchilarning tovarlariga sarflanadigan
xarajatlarning evolyusiyasini ham oldindan bilishga imkon beradi. Tajriba qonuniga
ko'ra, «standart tovardan qo'shilgan qiymat olishda doimiy pul birliklarida
o'lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar mahsulot miqdori ikki
baravarga oshganda ma'lum bir foiz miqdorida kamayadi».
Ushbu ta'rifga bir necha izohlar beriladiz:
- «tajriba» tushunchasining bu erdagi ma'nosi tovarning necha yildan buyon
ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab chiqarilgan barcha tovar birliklarining
sonini anglatadi;
- shu sababli ishlab chiqarish miqdorining ma'lum davr ichidagi o'sishini
tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik kerak;
- tajriba qonuni bir necha vaziyatlarda (hamma uchun bir xil emas) statistik
jihatdan tasdiqlangan oddiy kuzatuvdir.

Download 258,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling