5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili


Tajriba samarasining manbalari


Download 258.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana26.10.2023
Hajmi258.38 Kb.
#1724787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5 mavzu SM

Tajriba samarasining manbalari. Ko'pchilik omillar tajriba egri chizig'i
bo'ylab harakat mobaynida xarajatlarning kamayishiga o'z hissasini qo'shadi. Bu
erda gap jami ishlab chiqarish hajmi o'sib borgan sari ko'nikish natijasida ishlab
chiqarish jarayonining yaxshilanib borishi to'g'risida ketmoqda. Eybell va Xemmond
tajribaning olti xil manbaini aniqlaganlar:
1) qo'l mehnatining samaradorligi: ma'lum bir vazifani ko'p martalab
takrorlaydigan ishchilar ma'lum bir ko'nikma hosil qilib, samaradorlikni oshiradigan
oson va qulay usullarni o'rganib oladilar va o'z ishlarining ustasiga aylanadilar;
2) ishning turlari va usullariga ixtisoslashish: ixtisoslashuv topshiriqni bajarish
unumdorligini oshiradi;
3) yangi ishlab chiqarish jarayonlari: texnologik innovasiya, masalan,
116


roqobatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqaruv xarajatlarini kamaytirishning
muhim manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin;
4) jihozlarni samarali ishlatish;
5) resurslardan foydalanishdagi o'zgarishlar: ishlab chiqaruvchining tajribasi
ortib borgan sari, u arzonroq resurslarni topishi, malakasizroq ishchilarni yollashi
yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi mumkin;
6) tovarning
yangi konsepsiyasi: iste'molchilarning tovardan qanday
xususiyatlarni kutayotganliklarini bilgan firma uni, aytaylik, kamroq resurs talab
qiladigan shaklda o'zgartirishi mumkin.
Ushbu omillarning barchasi firmaning bevosita nazorati ostida bo'ladi. Bu
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga qaratilgan umumiy siyosatning tarkibiy
qismi bo'lib, uning maqsadi ayni shu tovarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarish
yoki shu xarajatlar bilan yanada yaxshiroq tovarni ishlab chiqarishdan iboratdir.
Tajribaning faqat o'zi xarajatlarni kamaytirmaydi, balki ularni kamaytirish uchun
imkoniyatlarni yaratadi.

Download 258.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling