5-Mavzu. Firmaning raqobatbardoshligi tahlili
Raqobatli holatlar tahlili
Download 258.38 Kb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu SM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof raqobat modeli
5.3. Raqobatli holatlar tahlili
Tovar bozorida to'g'ri raqobatchilar o'rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog'liq holda o'zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan o'zaro bog'liqligi darajasini tavsiflaydi. "Raqobat to'g'risida"gi qonunda raqobat xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning musobaqalashuvi bo'lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muammolarining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlasha tartibga ta'sir ko'rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi-deb ta'riflangan. Mazkur qonunning maqsadi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga 108 solishdan iborat bo'lib, hozirgi vaqtda mulk turi har-xil bo'lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo'lgan korxonalar (firmalar) o'rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni cheklanidan iborat. Aniq bozordagi tahlilni o'tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda bunday tuzilishni to'rt guruhga bo'lish mumkin: sof raqobat, oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya. Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan tavsiflanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta'sir etishi uchun etarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O'zaro o'rinbosar va faqatgina talab va taklif o'rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog'liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: • sotuvchi va xaridorning katta miqdori; • differensiallanmagan, to'la o'zaro o'rinbosuvchi tovarlar; • bozor kuchlarining to'laligicha mavjud bo'lmasligi. Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1) bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash; 2) tayanch raqobatchilar tavsifnomasini tasvirlash va aniqlash; 3) tayanch raqobatchilarni baholash; 4) raqobatchilar xarakterini oldindan ko'ra bilish; 5) potensial raqobatchilarni aniqlash. Sof raqobatda determinant bo'lib talab va taklif o'yini hisoblanadi. Firma uchun narx va taklif etilayotgan son muhim o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bunda talab funksiyasi quyidagicha teskari bog'liqlik yordamida ta'riflanadi: Download 258.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling