5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash


Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan


Download 100.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.11.2023
Hajmi100.68 Kb.
#1772438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj

2. Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan 
hamkorlik ishlari.  
 Kutubxona hamkorligining asosiy yo‘nalishlari maktab ma’muriyati, 
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, mahalliy jamoatchilik, boshqa ARM, 
AKMlar, kutubxonalar, milliy madaniy markazlar bilan o‘zaro birgalikdagi 
faoliyat hisoblanadi.
Maktab ma’muriyati bilan hamkorlik quyidagilarda aks etadi:  
• axborot savodxonligi va bolalar kitobxonligini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash dasturlari sohasida maktabni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda;
• o‘quvchilarning kitobxonlik faolligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan 
maxsus dasturlarni ishlab chiqishda;
• o‘qituvchilar bilan kutubxona xodimlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlashda maktab ma’muriyatiga yordam ko‘rsatishda;
• kutubxona kutubxonachilarining o‘quv jarayonida, o‘quv rejasini 
tayyorlash ishida, xodimlarning uzluksiz malaka oshirishida, dasturlarni baholash 
va o‘quvchilar o‘zlashtirishini baholashda ishtirok etishida;


• kutubxona va uning xizmatlaridan o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, 
mahalla jamoatchiligi foydalanishi uchun zarur maksimal imkoniyatlarni 
ta’minlash maqsadida kutubxona ish rejasini o‘zgartirishda;
• kutubxona xodimlariga kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha turli tadbirlar 
o‘tkazishda va marketing faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama yordam 
ko‘rsatishda
Maktab ma’muriyati bilan hamkorlik ishlari asosan, o‘quvchilarning 
kitobxonlik darajasini oshirish borasida bir qator tadbir rejalari tuzish mumkin. 
O‘qituvchilar bilan muhim sanalarga bag‘ishlab turli tadbirlar, vektorinalar, taniqli 
adiblar bilan uchrashuvlar tashkil etish mumkin.
Ota-onalar bilan hamkorlik quyidagilar bilan ifoda etilishi mumkin:  
• kutubxona ishi doirasida “Ochiq eshiklar kuni» tadbirini o‘tkazishda. Bu 
tadbir 
ota-onalarga 
kutubxona 
ishining 
afzalliklarini 
va 
o‘quvchilarga 
axborotbibliografiya xizmatini tashkil etishdagi yangi imkoniyatlarni namoyish 
qilish imkoniyatini beradi;
• o‘quvchilarning ota-onalarini kutubxona jamg‘armasini shakllantirish 
uchun materiallarni saralash komissiyasi ishiga jalb etishda;
• ota-onalarni 
umumta’lim 
muassasasining 
kitobxonlikni, 
oilaviy 
kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amaldagi dasturlariga jalb etishda;
ota-onalarni tuman, shahar, maktab miqyosida o‘tkaziladigan xayriya 
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga jalb etishda;
• ota-onalarga bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash masalalari bo‘yicha metodik 
xarakterdagi adabiyotlarni tanlashda yordam ko‘rsatishda;
• ota-onalarni kutubxona faoliyatida, axborot qidirish uchun Internetdan 
foydalanish, elektron pochtadan foydalanishda ishtirok ettirishda. maktab 
kutubxonasi bilan ota-onalar hamkorligi doirasida kutubxona jamg‘armasini 
boyitishda “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari’ xayriya tadbirlarini 
o‘tkazilishi, oilaviy kitobxonlikni oshirish borasida “Bir farzandga uch kitob”, 
“Farzandimga kitob hadya etaman” nomli qator tadbirlarni o‘tkazilib borilishi 
kutubxona jamg‘armasi fondini tuldirishda va o‘quvchilarni qo‘shimcha 
adabiyotlar bilan tanishib borishiga yordam beradi.

Download 100.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling