5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash


Download 100.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana14.11.2023
Hajmi100.68 Kb.
#1772438
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj



5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: 
kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash
(2 soat amaliy mashg‘ulot) 
Annotatsiya: 
Reja: 
1. Foydalanuvchilarni (kitobxonlar) kutubxonachilik xizmati bilan 
ta’minlashga doir ishlar mazmuni va bu ishlarni tashkil etish. 
2. Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan hamkorlik 
ishlari. 
3. Shaxsning axborot madaniyatini tarbiyalash. 
4. Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, 
tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalari. 
 
Mavzuning mazmuni: Shaxsning axborot olish madaniyati tushunchasi 
talqini va axborot olish bilan bo‘g‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi. 
Axborot olish madaniyatini egallash, axborot yordamida ijtimoiylashuv usullari. 
O‘quvchilar axborot-kutubxona resurslaridan unumli foydalanishi uchun egallashi 
zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida o‘rganish. Umumiy o‘rta ta’lim maktab 
kutubxonasida o‘quvchilar mustaqil ravishda bilim olishi, fikrlay olishi, axborot 
yordamida ijtimoiylashuv uchun shaxs qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni 
qo‘lga kiritishi lozimligi, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan axborotlarni tezkor ravishda 
aniqlashi, ularni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qilishi. 
Tayanch iboralar: foydalanuvchi, kutubxonachilik xizmati, resurslar, 
axborot madaniyati, shaxs, axborot sifati, axborot olish huquqi. 
1. Foydalanuvchilarni (kitobxonlar) kutubxonachilik xizmati bilan 
ta’minlashga doir ishlar mazmuni va bu ishlarni tashkil etish.
Har bir kutubxona xodimi o‘quvchilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirishga ijodiy yondashgan holda, faoliyatiga yangi 
kutubxonachilik uslublarini joriy etib, bosqichma-bosqich amalga oshirishi 
bugungi kun talabi hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim muassasasi maktab 
kutubxonachilari kitob targ‘iboti, kitobxonlikka o‘rgatishni maktabgacha ta’lim 
muassasalaridan boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Chunki kichik yoshdagi 
bolajonlar juda qiziquvchan, sersavol bo‘lib, ular doimo nimalarnidir bilishga, 
o‘rganishga, birinchi bo‘lishga oshiqadilar. Albatta, ularning savollariga javob 
berish barchamizning asosiy vazifamizdir.
Bu vazifani bajarish bolajonlarning kamol topishida boshlang‘ich qadam 
bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kitob targ‘ibotini tashkil 
qilishda bolalarning Yoshi va qiziqishiga qarab ko‘chma kutubxonalar tashkil 


qilish lozim. Ertaklar, hikoyalar va masallar o‘qib berish, hikoya qilish, 
teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirish, ko‘rganlari asosida rasmlar chizish 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish, diafilmlar, diapozitivlar orqali asar qahramonlari va 
asar haqida tushunchalar berish, ketma-ket mazmunni o‘zida mujassam etgan 
hikoya qilishga mo‘ljallangan rasmlardan foydalanish, tez aytish, topishmoqlar yod 
oldirish kabi bir qancha xizmat turlaridan foydalanish mumkin. Bu kabi 
kutubxonachilik xizmat turlari bolajonlarning idrok etishi, fikrlashi, og‘zaki nutqi, 
dunyoqarashini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Shuning uchun ham kitobxonlarni maktab ostonasida har tomonlama 
fikrlaydigan, ma’naviy yetuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil qila 
oladigan, o‘z fikrini bildirib, uni himoya qila oladigan, tengdoshlariga olgan 
axborotlarini tushuntira oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash kutubxonachilar 
va o‘qituvchilarining asosiy vazifasidir. 
Kutubxona xodimlari soni ta’lim muassasalari kutubxonalari namunaviy 
shtatlari asosida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi. Kutubxonachi maktab 
jamoatchiligining hamma a’zolariga: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ma’muriyat, 
tarbiyachilar, ota-onalar va boshqa kitobxonlar toifalariga xizmat kursatadi. 
Foydalanuvchilarning asosiy guruhlari bu - o‘quvchilar va o‘qituvchilar, lekin, 
boshqa toifadagi mutaxassislarni, aynan ma’muriyat, tarbiyachilar hamda mahalla 
jamoatchiligi vakillarini ham nazarda tutish kerak.
Kutubxonaning jami xodimlari, kutubxonaning ishlashini hamda texnikaviy, 
axborot, dasturiy va boshqa xizmatlar bo‘yicha kadrlar tarkibining zamonaviy 
darajada tayyorgarligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradi. Kutubxonachilarni 
tayyorlash, Qayta tayyorlash xizmatlari, malakasini oshirish kurslarini; 
kutubxonani boshqarishning zamonaviy metodlarini o‘rgatish dasturlarini o‘z 
ichiga oladi. Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning normal ishlashi bo‘yicha 
vazifalarni bajarish uchun lavozim yuriqnomalari, buyruqlar majmuidan iborat. 
Uzluksiz kutubxona xizmati tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash jiddiy 
o‘rin tutadi.

Download 100.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling