5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash


O‘qituvchilar bilan hamkorlik quyidagilarda aks etadi


Download 100.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.11.2023
Hajmi100.68 Kb.
#1772438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj

O‘qituvchilar bilan hamkorlik quyidagilarda aks etadi: 
• maktab o‘qituvchilarini kutubxona resurslari bilan batafsil tanishtirish
o‘qituvchilarga yordam ko‘rsatishda;
• o‘qituvchilarning fan bo‘yicha bilimlarini kengaytiruvchi va o‘qitish 
metodikalarini yaxshilovchi o‘quv materiallarini saralashda;
• kutubxonadagi resurslarni o‘quvchilar bilimini baholashning turli 
metodikalarini joriy qilish uchun taqdim etishda;


• o‘quvchilardan qo‘shimcha axborotni o‘qish talab qilinadigan sinfda 
bajariladigan topshiriqlarni, uy vazifalarini rejalashtirishda;
• o‘quvchilar uchun bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, turli fanlar 
bo‘yicha o‘qish doirasini kengaytirish, qiziqishlarini rivojlantirish va chuqurroq 
o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladigan yakka tartibdagi yoki 
kichik guruhlar doirasida izchil vazifalarni tanlash va ishlab chiqishda;
• kutubxonadan turli fanlar bo‘yicha sinf soatlari, madaniy-ommaviy 
tadbirlar o‘tkazish uchun foydalanishni ta’minlashda;
• barcha bosqichlardagi o‘quvchilarni ham yakka, ham guruhlarda o‘qishga 
o‘zaro rag‘batlantirishda;
• turli tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazishda.
O‘qituvchilar bilan xamkorlik asosan, o‘qituvchilarga fanlar kesimida 
metodik qullanmalarni kitob tarzida va elekton shaklida yetkazilib berilishi, 
uquvchilarni fan olimpiadalari, bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 
uquv materiallari bilan ta’minlash, uquv rejalarini rejalashtirishda xamda turli 
tadbirlarni tashkil etishda   
ARMva maktab kutubxonalari yaqindan yordam beradilar
O‘quvchilar bilan hamkorlik ularga quyidagi yordamlarni ko‘rsatishda 
ifodalanadi: 
• an’anaviy uy vazifalarini bajarishda;
• loyihalar va muammolarni hal etish ustida ishlashda;
• axborotlarni izlash va foydalanishda;
• o‘qituvchilarga va sinfdoshlarga taqdim etish uchun ma’lumotlar 
portfolelari va materiallarni shakllantirishda.
O‘quvchilar bilan hamkorlik ishlari ularni kutubxonadan elektron 
materiallardan va internetdan tematik materiallarni olishda va axborot izlab 
topishda, referatlar yozishda keng foydalanishga yordam beradi.

Download 100.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling