5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash


Tarmoq ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi


Download 100.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana14.11.2023
Hajmi100.68 Kb.
#1772438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj

Tarmoq ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi 
Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasiga internet tarmog‘i misol bo‘la
oladi. Internetda ma’lumot ma’lum bir protokol asosida yoziladi va shu 
protokol asosida barcha internetga ulangan kompyuterlar uni o‘qiydi. 
Ma’lumotlar bazasi esa bir-biridan uzoqda joylashgan serverlarda 
(kompyuterlarda) saqlanadi. Bu turdagi ma’lumotar bazasini quyidagi 
rasmda ko‘rish mumkin .


 
 
3.Shaxsning axborot madaniyatini tarbiyalash. 
 
Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagilarga 
e’tiborni qaratishlari kerak: 
- tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat qonunlarini, 
rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash; 
- estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati 
ko‘nikmalarini tarbiyalash; 
- bibliografik madaniyat; 
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va 
madaniyatini tarbiyalash; 
- muloqot madaniyatini shakllantirish. 
Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab 
uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish 
madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamonaviy xususiyatlar ta’sirida 
axborot va kitobxon madaniyati tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin 
ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan 
dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi.
Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur 
axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun 
kerak axborotni tanlab olish, uni qayta ishlab chiqish, dengiz tubidan gavhar 
qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, 
bolalarni kelgusida axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga 


tayyorlash muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va 
kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati tug‘iladi.
Axborot madaniyati - axborotni qidirish, axborot resurslari (matbuot 
nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish, topish, u 
bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va mehnat 
faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni bajarish 
jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur:
- Men nima qilishim kerak? 
- Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak? 
- Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni qidirish uchun 
aniq resurslarni tanlash) 
- Qaysi resurslardan foydalanishim zarur? 
- Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil qila bilish)
- Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash va tanlash)
- Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish) 
- Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga baho berish)
Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutubxonasi 
xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik umrining asosiy 
vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun kutubxonachi-pedagog 
kasbini tayyorlash vazifasi muhim vazifalardan biri. Masalan, Rossiya 
maktablarida kutubxonachilar kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va 
axborot madaniyatini shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus 
dasturlar yaratilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish 
maqsadida o‘rta sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib 
qilinadi, o‘rgatiladi
Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan darslar o‘tiladi. 
Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo kitobxonlik madaniyatini 
yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha maktab o‘quvchilariga o‘zbek 
adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha 
hosil qildirishimiz kerak. Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, 
mamlakatlar bo‘yicha, janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. 
Bunday 
tushunchani
, bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining 
ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir.
Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib 
borishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: rejalilik; ketma -ketlilik; 
bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning 
yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda 
yondashish). 
Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar
turli bibliografik
, uslubiy 


plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil 
qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga 
oid 
maslahatlar, 
savol-javob 
o‘yinlari, 
turli 
videonamoyishlardan 
foydalaniladi.
Huquqiy madaniyatni shakllantirib, tarbiyalab borish har bir tarbiya va 
ta’lim tizimidagi xodimning vazifasi. Ko‘pgina axborot-kutubxona 
markazlarida huquqiy axborot markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar viloyat 
hududidagi barcha fuqarolar, tashkilot va muassasalar, bilim maskanlari bilan 
ish olib borish bilan birga boshqa tizimdagi kutubxonalarga shu yo‘nalishda 
uslubiy yordam beradilar. 
Huquqiy 
madaniyat
- bu o‘zining Konstitutsiyada belgilangan haq-
huquqlarini, burchi va vazifalarini anglab yetish, to‘la to‘kis amalga oshirish, 
amaliy faoliyatida va shaxsiy hayotida ana shu me’yorlardan unumli va to‘g‘ri
 
foydalana bilish qobiliyati
, san’ati va bilimining yig‘indisi. Shuning 
uchun ta’lim-tarbiya maskanlari, jumladan, axborot-kutubxona markazlari, 
axborotresurs markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy 
madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat.
Buning uchun huquqiy mazmundagi adabiyotlar va bilimlarni tar g‘ib 
qilishning og‘zaki, ko‘rgazmali va kompleks usullaridan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. Masalan: „Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?“ mavzusida kitob 
ko‘rgazmasi, mavzuli kartoteka, bibliografik sharh, savol-javob o‘yinlari, 
suhbatlar, munozara-bahs, huquqshunoslar bilan uchrashuv kechalari 
o‘tkazish, shu yo‘nalishdagi eng qimmatli asarlar taqdimoti, kitob kechalari 
va ular tarkibida psixodramatik sahnalar namoyishi turli kitobxonlar 
guruhining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.

Download 100.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling