5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»
Download 430.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy munosabatlar sub’yekt bilish ob’yektiga o’z manfaatlaridan kelib chiqib
yondashishini belgilaydi. SHundan ijtimoiy hayotning aynan bir hodisalari va muammolarini har xil, ba’zan hatto bir-biriga teskari idrok etish va talqin qilish hollari yuz beradi. Masalan, tarixda insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo’li va shakli har xil tasavvur qilingani ma’lum. Hozirgi siyosiy hayotda aynan bir hodisalar (xususiy mulk instituti, bozorning shakllanishi va boshqalar) ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan salbiy baholanadi. Bularning barchasi ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni muayyan ijtimoiy hodisalarni har xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalar nuqtai nazaridan baholash mavjudligidan dalolat beradi. Bilishga insonning sezgilari, uning ehtiroslari dunyosi kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHu munosabat bilan K.Gel’vetsiy: «...ehtiroslar bo’lmasa, buyuk artistlar ham, buyuk sarkardalar ham, buyuk ministrlar ham, buyuk shoirlar ham, buyuk faylasuflar ham bo’lmas edi», deb yozgan edi. Ehtiroslar tadqiqotchiga kuch-g’ayrat beradi va bilish jarayonini olg’a suradi. Inson ehtiroslarisiz haqiqatni izlash mumkin emas. Bilish doimo qandaydir yangi, ilgari noma’lum bo’lgan narsani yaratishga yo’nalgan ijoddir. Ijodning bosh mezoni (ko’rsatkichi) – olingan natijalarning yangiligi va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi. U juda katta aqliy va jismoniy harakat («ijod mashaqqatlari» deb bejiz aytmaydilar), ba’zan fuqarolik jasorati va hatto jonbozlik talab qiladi. SHunday qilib, insonning bilishi rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. Bu, avvalo, jamiyatda yangi ehtiyojlarning tug’ilishi, tegishli ravishda amaliyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan belgilanadi. Ayni shu sababli bilish «mangu harakat, qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularning yechilishi jarayoni» deb qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantig’i (izchilligi) qanday? Download 430.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling